Hakeeb Adeola Abiola Ayinde O.O.J. Adelakun () (1996-yil 11-iyunda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Hakeeb Adelakun „Gillingham“ futbol klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Scunthorpe United Hakeeb Adelakun „Crystal Palace“ va „West Ham United“ futbol klublarining yoshlar jamoalarida tarbiyalangan. Keyinchalik, yoshlar futboli „Scunthorpe United“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan. Hakeeb Adelakun klub safidagi ilk oʻyinini 2012-yilning 29-dekabrida Prenton Parkda „Tranmere Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Hakeeb Adelakun 16 yosh-u 201 kunligida maydonga tushgan klubning eng yosh futbolchisiga aylandi.

Hakeeb Adelakun 2013—2014-yilgi mavsumda 28 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2 ta gol urgan. Bu mavsumda „Scunthorpe“ futbol klubi Birinchi ligaga koʻtarilgan edi. 30-noyabr kuni Hakeeb Adelakun „Scunthorpe“ klubi uchun oʻzining birinchi golini „Torquay United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan. Hakeeb Adelakun 2017-yil dekabr oyida EFL ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Bristol City 2018-yil iyul oyida, „Scunthorpe“ klubidagi shartnoma muddati tugaganidan soʻng, Hakeeb Adelakun chempionat vakili „Bristol City“ futbol klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.

Hakeeb Adelakun 2020-yilning 9-yanvarida „Rotherham United“ futbol klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan kelishuv imzolashga erishgan

2020-yilning 24-sentyabrida Hakeeb Adelakun „Hull City“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolagan. Hakeeb Adelakun 2020-yilning 26-sentyabr kuni „Northampton Town“ klubi mehmoni boʻlib, „Hull City“ klubi safida birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Hakeeb Adelakun klubdagi birinchi golini 2020-yil 3-oktyabrda „Plymouth Argyle“ futbol klubiga qarshi (1:0 hisobida gʻalaba) oʻyinda kiritgan. 2021-yil 4-yanvarda Hakeeb Adelakun „Bristol City“ futbol klubi tomonidan chaqirib olingan.Shu bilan Hakeeb Adelakunning „Hull City“ klubidagi ijara shartnomasi muddati nihoyasiga yetgan.

2021-yilning 14-mayida Hakeeb Adelakun shartnoma muddati tugaganidan keyin „Bristol City“ futbol klubini tark etgan.

Lincoln City 2021-yil 26-iyulda Hakeeb Adelakun uzoq muddatli shartnoma asosida „Lincoln City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan. Hakeeb Adelakun „Lincoln City“ klubidagi debyut oʻyinini mavsumning birinchi kunida, „Gillingham“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Hakeeb Adelakunning klubdagi birinchi goli 2021-yil 31-avgust kuni „Bradford City“ futbol klubi darvozasiga urilgan.

Gillingham FC 2022-yil 15-avgustda Hakeeb Adelakun mavsum uchun ijara asosida „Gillingham“ futbol klubiga oʻtgan.

Faoliyat statistikasi Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarScunthorpe United2012—2013Birinchi liga20000000202013—2014Ikkinchi liga2821000002922014—2015Birinchi liga3265010204062015—2016Birinchi liga2123110102632016—2017Birinchi liga1720020422342017—2018Birinchi liga394312050495Jami139151226012216919Bristol City2018—2019Chempionat500000—502019—2020Chempionat000000—002020—2021Chempionat202000—40Jami702000—80Rotherham United (ijara)2019—2020Birinchi liga90———90Hull City (ijara)2020—2021Birinchi liga143000030173Lincoln City2021—2022Birinchi liga2321010313032022—2023Birinchi liga2000000020Jami252101031323Gillingham2022—2023Ikkinchi liga120001030160Jami206211628021325126

Manbalar

Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar