Josh Meekings () (1992-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi va murabbiy. Josh Meekings markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi va hozirda „Brora Rangers“ futbol klubida oʻyinchi va murabbiy rolini bajaradi. Josh Meekings faoliyati davomida „Ipswich Town“, „Inverness Caledonian Thistle“, „Dundee“ va „Wealdstone“ futbol klublarida oʻynagan edi.
Faoliyati
Ipswich Town Josh Meekings Angliyaning Bury St Edmunds shahrida tugʻilgan va Suffolk shahrida oʻsgan. Yoshligida Josh Meekings „Ipswich Town“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Biroq, Josh Meekings klubning asosiy jamoasida oʻynamay, 2011-yilning yozida klubni tark etgan.
Inverness Caledonian Thistle Josh Meekings „Stevenage“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashi kerak edi, ammo kelishuv amalga oshmay qolgan va 2011-yil 4-iyulda Josh Meekings ikki yillik shartnoma asosida „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozi boʻlgan.
Josh Meekings klub safidagi ilk oʻyinini 2011-yil 22-oktyabrda „Dunfermline Athletic“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda (1:1 hisobidagi durang) oʻtkazgan. 2012-yilning 24-martida Josh Meekings „Aberdeen“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyindagi ikkinchi qoidabuzarlikdan soʻng faoliyatida birinchi marta qizil kartochka olgan.
2012—2013-yilgi mavsum boshida Josh Meekings markaziy himoyada oʻynaydigan klubning doimiy asosiy futbolchisiga aylangan. 2012-yilning 15-dekabrida Josh Meekings „Dundee United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:4) avtogol muallifiga aylangan. Shunga qaramay, bir necha kundan soʻng, Josh Meekings klub bilan yangi ikki yillik shartnomani imzolagan. Josh Meekingsning mavsumdagi ajoyib mavsumi va barqaror formasi unga 2013-yil mart oyidagi SPLda oyning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritishiga yordam bergan.
2015—2016-yilgi mavsumda Josh Meekings Yevropa ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinlarda klubning asosiy jamoasi safida maydonga tushgan. Shundan soʻng, Josh Meekings mavsumning boshidagi oʻyinida („Motherwell“ futbol klubiga qarshi oʻyinda) tizzasidan jarohat olib, tez orada safdan chiqqan. Josh Meekings mavsum davomida jarohat bilan kurashishda davom etgan va 2016—2017-yilgi mavsumdan keyin „Inverness“ futbol klubini tark etgan.
Dundee "Dundee" futbol klubi Josh Meekings 2017-yilning avgust oyida klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Mavsumning birinchi yarmida Josh Meekings klub safida turli uchrashuvlarda ishtirok etgandan soʻng, uning ikkinchi yarmida turli xil jarohatlar olgan. Shunga qaramay, Josh Meekings 2018-yilning mart oyida klub bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirgan. Afsuski, jarohatlar Josh Meekingsni bezovta qilishda davom etargan.
Josh Meekings 2020-yil iyun oyida shartnomani uzaytirishni rad etganidan soʻng „Dundee“ futbol klubini tark etgan.
Wealdstone 2021-yil yanvar oyida Josh Meekings Milliy liga vakili „Wealdstone“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Josh Meekings 18-yanvar kuni klub safida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazgan. Meekingsning „Wealdstone“ klubidagi mavsumi jarohat tufayli samarasiz oʻtgan. Josh Meekings mavsum oxirida atigi 4 ta oʻyindan soʻng klubni tark etgan.
Brora Rangers 2021-yil iyun oyida Josh Meekings „Brora Rangers“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.Josh Meekings 2022-yilning aprel oyida „Brora“ futbol klubi bilan Liga kubogini qoʻlga kiritgan. Josh Meekings oʻsha yilning oxirida „Brora“ futbol klubi bilan oʻyinchi va murabbiy sifatida ikkinchi sovrinini (Milliy kubok) qoʻlga kiritgan.
Faoliyat statistikasi
+KlubMavsumLigaShotlandiya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarInverness Caledonian Thistle2011—2012Shotlandiya Premer ligasi1902000—2102012—20133403040—4102013—2014Shotlandiya Premer ligasi3404040—4202014—20153736110—4442015—20162121020202622016—20171810000—181Jami1636161110201927Dundee2017—2018Shotlandiya Premer ligasi2201000—2302018—2019400050—902019—2020Shotlandiya chempionati150104010210Jami410209010530Wealdstone2020—2021Milliy liga3000001040Brora Rangers2021—2022Milliy liga1622000402222022—202391100040141Jami253300080363Jami232921120012028610
Yutuqlar Inverness Caledonian Thistle
Shotlandiya kubogi: 2014—2015
Individual
SPLda oyning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2013-yil mart„Inverness CT player Josh Meekings wins young player award“. BBC Sport. BBC. 19 April 2013. Retrieved 19 April 2013.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari