Francis Ross () (1998-yil 18-fevralda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Frank Ross futbolchilik faoliyati davomida „Aberdeen“, Greenock Morton", „Ayr United“ va „Go Ahead Eagles“ futbol klublarida oʻynagan.
Faoliyati Frank Ross „Aberdeen“ futbol klubi safidagi ilk oʻyinini 2015-yilning 16-mayida „Dundee“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2016-yilning 3-iyulida Frank Ross „Aberdeen“ futbol klubi bilan ikki yillik yangi shartnoma imzolagan. 2017-yil 3-dekabrda Ross „Rangers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jarima zarbasidan klubdagi birinchi golini kiritgan. 8-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻyinda Frank Ross „Dundee“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:0 hisobida gʻalaba) asosiy jamoa tarkibida maydonga tushgan.
Ross 2018-yil yanvar oyida Shotlandiya chempionati vakili „Greenock Morton“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. Shundan soʻng, 2019-yilning 8-iyulida Ross „Ayr United“ futbol klubiga yanvar oyigacha ijara asosida oʻtgan.
Frank Ross 2019-yilning may oyida „Aberdeen“ futbol klubi bilan yana bir yilga moʻljallangan yangi shartnoma imzolagan. Biroq, 2020-yil 12-iyunda Ross „Aberdeen“ futbol klubini tark etgan.
2020-yilning 20-avgustida Ross Gollandiyaning „Go Ahead Eagles“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Shaxsiy hayoti Ross Shotlandiyaning Ellon shahrida tugʻilgan. Frank Ross sakkiz yoshida „Aberdeen“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan.
Frank Rossning katta singlisi Natalie Ross Shotlandiya ayollar milliy futbol jamoasi va klublarida, shu jumladan „Arsenal“ va „Celtic“ futbol klubida ayollar futboli oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAberdeen2014—2015Shotlandiya Premer ligasi20000000202015—201620000000202016—201730100020602017—201841000021622018—201910001000202019—20200000000000Jami121101041182Greenock Morton (Ijara)2017—2018Shotlandiya chempionati151310000182Ayr United (Ijara)2019—2020Shotlandiya chempionati0000200020Go Ahead Eagles2020—2021Eerste diviziyasi150000030180Jami422413071564
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar