Mahalla — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) tarkibiga kiruvchi telekanal.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston telekanallari Turkum:2014-yilda tashkil etilgan telekanallar
Teleradiokanalning asosiy vazifa va funksiyalari „Mahalla“ teleradiokanalining asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: mamlakat aholisini oʻzbek xalqining koʻp asrlik tarixi davomida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida shakllangan noyob milliy tuzilma, mahalla institutining jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishidagi aholi uchun muhim ijtimoiy masalalarni hal etish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtish borasidagi maqsadli vazifani amalga oshirishdagi oʻrni va ahamiyati haqida keng xabardor etish, shuningdek, mahallaning har tomonlama rivojlanishi va samarali faoliyatini taʼminlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tajribasini yoritish; mahalla institutining jamiyatda yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptirish, milliy urf-odat va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni asrash va mustahkamlash, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyatini ochib beruvchi dasturlarni tayyorlash hisoblanadi.
Muharririyatlar „Mahalla“ telekanali koʻrsatuvlari 2015-yil 7-yanvar kuni soat 18:00 dan efirga uzatila boshlangan. Telekanal tarkibida quyidagi muharririyatlar faoliyat yuritadi:
„Ijtimoiy-huquqiy dasturlar“ muharririyati — mahalla institutining jamiyat va davlatni rivojlantirishdagi oʻrni, ijtimoiy masalalarni hal etish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik hamda oilaviy biznesni rivojlantirishga oid tajribalarni yoritadi. „Maʼnaviy-tarbiyaviy dasturlar“ muharririyati — yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptirish, milliy anʼanalarga hurmat, tinchlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash hamda oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan koʻrsatuvlar tayyorlaydi. „Badiiy-maʼrifiy dasturlar“ muharririyati — yoshlar va qizlar tarbiyasi, erta nikohlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, marosimlarni dabdabasiz oʻtkazish, aholi bandligi hamda hududlarni obodonlashtirish masalalarini yoritadi. „Tok-shou dasturlari“ muharririyati — fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yordam koʻrsatish, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qilish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha tok-shoular tashkil etadi.
Shuningdek, telekanal efirida OʻzMTRK arxivida saqlanayotgan retro filmlar hamda sanʼatkorlarning chiqishlari namoyish etib boriladi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston telekanallari Turkum:Telekanallar