Michael Moffat () (1985-yil 15-fevralda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Michael Moffat „Ayr United“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Girvan va Ayr United Michael Moffat „Girvan“ futbol klubida oʻzining futbolchilik faoliyatini boshlagan.U klub safida oltita mavsum oʻtkazgan. Shundan soʻng, Moffat 2011-yilning yanvar oyida „Ayr United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Moffat „Ayr United“ futbol klubidagi birinchi mavsumida oʻn bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan. „Ayr United“ futbol klubi esa „Brechin City“ futbol klubi ustidan qozonilgan gʻalaba uchrashuvidan soʻng, Birinchi divizionga koʻtarilgan. Keyingi mavsumda Michael Moffat klub safida Birinchi diviziondagi barcha oʻyinlarda jami 7 ta gol urgan. 2011—2012-yilgi mavsumda Michael Moffat „Ayr United“ futbol klubi safida koʻpgina uchrashuvlarda maydonga tushgan. Shu jumladan, Hampden Parkda Liga kubogi doirasidagi mahalliy raqib „Kilmarnock“ futbol klubiga yarim final uchrashuvida Michael Moffat „Ayr“ klubi uchun maydonga tushgan. 2012-yil iyun oyida Michael Moffat klub bosh murabbiyi Mark Roberts bilan yangi shartnoma imzolagan. Ammo bu mavsumda klub Ikkinchi divizionga tushib ketgan. Klub uchun omadsiz kelgan mavsum Michael Moffat uchun omadli kelgan.U mavsumda oʻzining ajoyib gollari bilan muxlislar eʼtiborini tortgan. Michael Moffat mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan.
Dunfermline Athletic 2013—2014-yilgi taʼsirli mavsumdan soʻng, (Michael Moffat mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlanganidan soʻng) Michael Moffat Birinchi liga vakili „Dunfermline Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Michael Moffat „Dunfermline Athletic“ futbol klubi safidagi ilk oʻyinini „Annan Athletic“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Moffatning klub safidagi ilk goli ham Shotlandiya Liga kubogi doirasidagi „Annan Athletic“ futbol klubiga qarshi kechgan uchrashuvda kiritilgan. Biroq, Michael Moffat „Dunfermline Athletic“ futbol klubi safidagi birinchi mavsum oʻyinlarida „Girvan“ va „Ayr United“ futbol klublaridagi gollarga boy boʻlgan oʻyinini takrorlay olmagan. Michael Moffat 2014—2015-yilgi mavsumda „Dunfermline Athletic“ futbol klubi safidagi barcha musobaqalarda atigi oltita gol urishga muvaffaq boʻlgan. Michael Moffatning klubdagi ikkinchi mavsumi yaxshi boshlangan. Hujumchi oʻzining dastlabki oʻn ikkita raqobatbardosh oʻyinida oldingi mavsumdagi koʻrsatkichidan oshib ketgan. Ushbu gollardan uchtasi „Brechin City“, „Cowdenbeath“ va „Peterhead“ futbol klublariga qarshi ketma-ket liga oʻyinlarida urilgan. Shu bilan birga Michael Moffat Shotlandiya challenge kubogi doirasida „Forfar Athletic“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan.
Ayr United klubiga qaytish Uch mavsum safarda boʻlganidan soʻng, Michael Moffat 2017-yil 23-mayda „Ayr United“ futbol klubi safiga qaytib, klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarGirvan2009—2010Shotlandiya Super ligasi332121000035222010—201120193300002322Jami53405400005844Ayr United2010—2011Shotlandiya Ikkinchi divizioni22700004426112011—2012Shotlandiya Birinchi divizioni3695050505192012—2013Shotlandiya Ikkinchi divizioni341622231039212013—2014Shotlandiya Birinchi ligasi32263010414027Jami124571028314515667Dunfermline Athletic2014—2015Shotlandiya Birinchi ligasi3453021204162015—2016341230303343152016—2017Shotlandiya chempionati294404210386Jami9721100936312227Ayr United2017—2018Shotlandiya Birinchi ligasi351130522036132018—2019Shotlandiya chempionati3452164204410Jami691651116408923Jami3431343072812248425161
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar