Oluwafemi „Femi“ Javier Azeez () (2001-yil 5-iyunda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Femi Azeez „Reading“ futbol klubida qanot himoyachisi va hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati Femi Azeez „Northwood“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2017—2018-yilgi mavsumda „Northwood“ futbol klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida oʻynaganidan soʻng, Femi Azeez mavsum oxirida klub safidagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan. Femi Azeez mavsumda klub safidagi barcha oʻyinlarda jami 12 marta maydonga tushgan. Shundan soʻng, Femi Azeez „Wealdstone“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozilik bildirgan. 2018-yilning dekabr oyida Femi Azeez ikki tomonlama kelishuv asosida „Hanwell Town“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi boʻyicha qoʻshilgan. 2019-yil 18-sentyabr kuni „Reading“ futbol klubi Azeezni oʻz jamoasi tarkibiga qoʻshilganini tasdiqlovchi hujjatga imzo chekkanini eʼlon qilgan. 2020-yil 8-fevralda Femi Azeez 28 kunlik ijara shartnomasi asosida „Bracknell Town“ futbol klubiga qoʻshilgan. 2020-yil 2-iyul kuni „Reading“ futbol klubi Azeez klub bilan yangi bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Bir yil oʻtib, 2021-yil 2-iyulda „Reading“ futbol klubi Azeez klub bilan yana bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Femi Azeez „Reding“ futbol klubi safidagi ilk golini (birinchi professional golini) 2021-yil 14-avgust kuni „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan.

Shaxsiy hayoti Azeez Angliyaning Essex shahrida tugʻilgan. Femi Azeezning otasi nigeriyalik, onasi esa ispaniyalik hisoblanadi. Azeezning akasi Miguel Azeez ham „Arsenal“ futbol klubining yoshlar akademiyasi professional futbolchisidir.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Northwood 2017—2018 Janubiy liga 12 0 0 0 — 0 0 12 0 Weldstone 2018—2019 Janubiy milliy liga 8 0 0 0 — 2 1 10 1 Hanwell Town (ijara) 2018—2019 Isthmian ligasi 3 3 0 0 — 1 1 4 4Reading 2018—2019 Chempionat 0 0 0 0 0 0 — 0 0 2019—2020 Chempionat 0 0 0 0 0 0 — 0 0 2020—2021 Chempionat 1 0 0 0 0 0 — 1 0 2021—2022 Chempionat 13 2 1 0 0 0 — 14 2 Jami 14 2 1 0 0 0 - - 15 2Jami 37 5 1 0 0 0 3 2 41 7

Manbalar

Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar