Dmitriy Vladimirovich Solovyov (ruscha: Дми́трий Влади́мирович Соловьёв; 1989-yil 18-iyul, Moskva) — Yekaterina Bobrova bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Dmitriy Solovyov Olimpiya chempioni (2014-yil, jamoaviy turnir), Olimpiya kumush medali sovrindori (2018-yil, jamoaviy turnir), Jahon chempionati bronza medali sohibi (2013-yil), Yevropa chempioni (2013-yil) va yetti karra Rossiya chempioni (2011 — 2014, 2016 — 2018) boʻlgan.

Dmitriy Solovyov Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 2017-yil 4-noyabr holatiga koʻra Solovyov va Bobrova juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida birinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyati left|thumb|280x280px| Bobrova va Solovyov 2008-yil Dmitriy Bobrova bilan birgalikda 2000-yildan sport juftligi boʻlgan. 2012-yilgacha ular Yelena Kustarova va murabbiy Svetlana Alekseyeva qoʻl ostida mashq qilishgan.

2008-yilgi Rossiya chempionatida ular bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Keyingi mamlakatlar chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashib, yirik xalqaro startlarga chiqa olishmadi. 2009-yil fevral oyida ular Universiadada musobaqasida ishtirok etib, 5-oʻrinni egalladilar.

2012—2013-yilgi mavsumda juftlik Skate America da ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyin esa Xitoy kubogida qatnashib, bu musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. Ikkita ikkinchi oʻrin ularga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Juftlik finalda beshinchi oʻrinni egalladi. Soʻng, Rossiya chempionatida gʻolib chiqishdi.

Jahon chempionatida juftlik qisqa raqsdan soʻng jahon yetakchilaridan: Devis/Wight va Virtue/Moir dan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Erkin raqsda juftlik Anna Kappellini/Luka Lanottaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Biroq, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Juftlik 2013—2014-yilgi Cup of China mavsumida ikkinchi oʻrinni egalladi. Rossiya kubogida ular oltin medalni qoʻlga kiritib, Gran-pri finaliga yoʻl olishdi. Juftlik Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi.

Natijalari (E. Bobrova bilan)

2015-yildan keyin Musobaqa/mavsum 2015 — 2016 ㅤ 2016 — 2017 ㅤ 2017 — 2018 ㅤ Qishki Olimpiya oʻyinlari.Yakkaxon 5 Qishki Olimpiya oʻyinlari.Jamoaviy 2 Jahon chempionatlari 5 Yevropa chempionati 3 3 2 Gran-pri finali 5 4 Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 3 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 2 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 1 2 Gran-pri bosqichlari: Skate America 3 Gran-pri bosqichlari: Xitoy-Audi kubogi 3 Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2 Mordoviya naqshlari WD Memorial O. Nepely 1 1 Varshava kubogi 1 Zagrebning Oltin Skate 1 Rossiya chempionati 1 1 1

2015-yilgacha Musobaqa 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ 2013 — 2014 ㅤ Qishki Olimpiya oʻyinlari.Yakka 15 5 Qishki Olimpiya oʻyinlari.Jamoaviy 1 Jahon chempionatlar 13 8 6 7 3 WD Yevropa chempionati 9 2 2 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1 Rossiya chempionati 8J 1J 3 4 2 1 1 1 1 Gran-pri finali 4 6 5 4 Gran-pri bosqichlari: Cup of Chinma 2 1 2 2 Gran-pri bosqichlari: Skate America 2 Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 4 1 3 1 Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 6 4 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 4 4 Finlandia Trophy 1 Qishki Universiada 5 WD = musobaqadan chiqib ketgan. J = oʻsmirlar darajasi.

Manbalar

Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:18-iyulda tugʻilganlar Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar