Trennt Michaud (Talaffuzi: Trennt Misho; 1996-yil 22-avgust, Belvill, Ontario) — Kanadalik figurali uchuvchi boʻlib, Evelyn Walsh bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashadi. Ular Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sohiblari (2022), Kanada chempionatining uch karra kumush medali sovrindorlari (2019, 2020, 2022) boʻlgan.
2022-yil 21-iyun holatiga koʻra, Walsh/Michaud juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida oʻn toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
Faoliyati Trennt 2004-yilda konkida uchishni oʻrgana boshladi. U 2013-yilgi Kanada chempionatida yangi konkida uchuvchilar toifasida qatnashib, yakka holda sakkizinchi va Judit Murta-Anderson bilan juftlikda ikkinchi oʻrinni egallagan.
Trenntning Hope Maklin bilan sherikligi 2014-yilda boshlangan. 2016-yilda ular Kanada oʻsmirlar chempioni boʻlishdi va 2016-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi. Turnirda ular qisqa dasturdagi namoyishdan soʻng oʻn uchinchi oʻrinni egalladi, lekin juftlik erkin dasturda bosqichidan chiqib ketdi. Ularga Alison Purkiss va Skott Rachuk Londonda murabbiylik qilishgan.
2016-yilda Trennt Evelyn Walsh bilan sport juftligini hosil qildi. Xalqaro musobaqada debyutini amalga oshirgan juftlik sentyabr oyi oxirida Tallinda boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand Pri seriyasiga kiruvchi musobaqada oʻn birinchi, keyingi oy esa Drezdenda oʻtkazilgan turnirda beshinchi oʻrinni egalladi. 2017-yil yanvar oyida ular Kanada oʻsmirlar chempioni boʻlishdi va mart oyida Taypeyda boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yuborildi. Turnirda ular qisqa dasturda oltinchi, erkin dasturda beshinchi oʻrinni egalladi. Bu natijalari ularga dunyoning eng yaxshi 5 ta konkida uchuvchi juftliklar roʻyxatiga kirishga imkon berdi.
2017-yilgi mavsumda Walsh va Michuad juftligi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasining ikki bosqichiga yoʻllanma olishdi. Rigada oʻtkazilgan birinchi bosqichda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritdi. Zagrebda boʻlib oʻtgan bosqichda esa toʻrtinchi oʻrinni egalladilar. 2018-yil yanvar oyida bu juftlik birinchi marta kattalar oʻrtasidagi Kanada chempionatida ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga koʻra, Evelyn va Trennt beshinchi oʻrinni egalladilar. 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bu juftlik qisqa dasturda beshinchi, erkin dasturda esa oltinchi oʻrinni egalladi.
Bu juftlik 2021-yilning „Challenger“ seriyasiga kiruvchi Autumn Classic International turnirida debyutini oʻtkazishi rejalashtirilgan edi, biroq Evelyn koʻkrak qafasi infeksiyasini yuqtirib olgan va u davolanishi uchun ikki oy antibiotiklar qabul qilish talab qilingan.
Juftlik oʻzlarining birinchi Skate America Gran-pri turnirida oxirgi oʻrinni egalladi. Bir necha hafta oʻtgach NHK Trophy musobaqasida qatnahsib, oltinchi oʻrinni egalladi.
Natijalari (Evelyn Walsh bilan) Musobaqa 16/17 17/18 18/19 19/20 20/21 21/22 Xalqaro Jahon chempionatlari 12 12 Toʻrt qitʼa chempionati 7 6Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 6 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 6Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 8 Gran-pri bosqichlari: Skate America 8 8 Zagrebning Oltin Konkisi 9 Finlandia Cup 6Nebelhorn Cup 7 Xalqaro yoshlar Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 5 6 Gran-pri Latviya 3 Gran-pri Xorvatiya 4 Gran-pri Germaniya 5 Gran-pri Estoniya 11 Bavarian Open 1 Milliy Kanada chempionati 1J 5 2 2 2 Skate Canada Challenge 1J 2 1 1 J-oʻsmirlar darajasi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:22-avgustda tugʻilganlar