Alexander Büttner (; 1989-yil 11-fevralda tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, „De Graafschap“ klubi himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati

Manchester United 21-avgust kuni Alexander Büttner „Manchester United“ futbol klubiga oʻtdi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Hamda, uning klubdagi rasmiy debyuti 2012-yilning 15-sentyabrida, premyer-liganing 4-turi doirasida „Wigan“ klubiga qarshi boʻlib oʻtgan. Shuningdek, oʻsha oʻyinda Alexander Büttner raqib darvozasiga gol urdi va shu bilan bir qatorda yana bir golli uzatmani amalga oshirdi.

Anderlecht 2016-yilning 1-fevralida Alexander Büttner Belgiyaning „Anderlecht“ klubiga ijaraga oʻtdi.

Vitesse 2017-yilning 16-yanvarida Alexander Büttner 2,5 yillik shartnoma imzolab, „Vitesse“ futbol klubiga qaytgan.

New England Revolution 2019-yil 1-noyabrda Alexander Büttner MLSning „New England Revolution“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning Shimoliy Amerika ligasidagi debyuti 2020-yil 9-iyul kuni MLS is Back Tournamentining „Monreal Impact“ futbol klubiga qarshi oʻyinida boʻlgan. Ammo, 2021-yil 20-yanvarda Alexander Büttner tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra „New England Revolution“ bilan shartnomasini bekor qilgan.

Waalwijk 2021-yilning 12-iyulida Büttner bir mavsumlik shartnoma asosida „Waalwijk“ futbol klubiga qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati 2008-yilda Alexander Büttner Niderlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazdi va yoshlar terma jamoasiga chaqirildi va u 8 oʻyinda maydonga tushgan.

2012-yil 7-may kuni Bert van Marveyk Alexander Büttnerni Yevropa chempionatiga boradigan Gollandiya terma jamoasi futbolchilarning kengaytirilgan tarkibiga kiritgan.

Statistika JamoaMavsumLigaKubokLiga kubogiYevropa chempionatiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolVitesse2007—20081000———102008—200923320———2532009—201027220———2922010—201124010———2502011—201232540——30395Jami1071090——3011910Manchester United2012—201352302030—1322013—20148010303000150Jami13240506000282Dynamo Moscow2014—201519000—121—3112015—20161000———102016—20174010———50Jami24010—121—371Anderlecht (ijara)2015—201614100—20—161Vitesse2016—201710010——001102017—201817010—40512712018—201913110—40—181Jami40130—8051562Umumiy faoliyatida19814180502818125716

Manbalar

Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:11-fevralda tugʻilganlar