thumb|160x160px

Yoshlar muammolari oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Institut faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi „Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-sonli qarori asosida faoliyatini yuritadi. Institut faoliyati yoshlar muammolarini oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot va tahliliy izlanishlar olib borish, istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan davlat muassasasi hisoblanadi Institutda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.

Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan holda, malaka oshirish kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.

Oʻquv kurslariga nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mamlakatimizning jamoat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan saralab oladi. Nomzodlar yoshi 30 yoshdan oshmagan, oliy maʼlumotli va kamida 2 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan Institut tinglovchilarining asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha ish haqi oʻqish mobaynida saqlab qolinadi.

Manbalar

Institutning asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

— Respublika yoshlari muammolarini oʻrganish, mazkur muammolarni hal qilishga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

— hududlar kesimida davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularning kasbiy rivojlanishi boʻyicha monitoring tizimini yaratish, ushbu kadrlarni professional mahorati va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda boshqaruv lavozimlariga tavsiya etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

— ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining istiqbolli yoshkadrlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish, yosh boshqaruvchilarning kasbiy rivojlanishi boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash;

— yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etishning ilgʻor usullarini joriy qilish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasida xalqaro hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish. Ilmiy kengash Kengash Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatiga taalluqli asosiy masalalarni koʻrib chiqish va hal qilish uchun Institut direktori — Kengash raisining rahbarligida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organi hisoblanadi. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi raisi buyruqlari, Institut Ustavi va mazkur Nizomga amal qiladi. Kengash oʻz faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, masalalarni erkin muhokama qilish, kollegiallik va yakkaboshchilikning uygʻunlashuvi, jamoa fikrini hisobga olish tamoyillari asosida amalga oshiradi. Kengash tarkibiga direktor oʻrinbosari, ilmiy kotib, kafedra mudiri, boʻlim boshliqlari, xodimlar, shuningdek, boshqa taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati — 5 yil.

Kengash tarkibi Institut direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Har bir kalendar yilining boshida, shuningdek, turli sabablarga koʻra Kengash tarkibidan chiqqanlar oʻrniga, yangi aʼzolar saylanadi yoki Nizom boʻyicha kiritiladi. Kengashning maqsad va vazifalari Kengashning maqsadi — institut jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati Oʻzbekiston Respublikasining „Taʼlim toʻgʻrisida“gi va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida“gi qonunlarida belgilangan vazifalarga muvofiq istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqotlar asosida yoshlar muammolarini oʻrganish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Kengash: „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ga muvofiq davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarining qatʼiy bajarilishini oʻrganib chiqadi hamda ustivor masalalar boʻyicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-oʻqituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

professor-oʻqituvchi tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish boʻyicha oʻtkaziladigan taqdimnomalarni muhokama qiladi, professor-oʻqituvchilar tanlovlarini oʻtkazadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;

professor-oʻqituvchilar tomonidan tayyorlangan oʻquv adabiyotlari, monografiya, ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya qilish hamda lozim hollarda darslik va oʻquv qoʻllanmalarni nashr grifini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya etish masalasini muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi;

tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilarning doktorlik dissertatsiyalarining mavzularini muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida tinglovchilarning ilmiy-ijodiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ishga joylashtirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish choralarini koʻrish, sport sogʻlomlashtirish bazalarini qurish masalalarini oʻrganadi va tegishli qarorlar qabul qiladi;

institutning tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish, yangi kafedra va boʻlimlar tashkil qilish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

institut tinglovchilari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish boʻyicha tadbirlarni belgilaydi.

Kengashning vakolatlari Kengash vakolatiga quyidagilar kiradi: oʻquv rejalari va dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tavsiyalarini inobatga olgan holda Kengash tomonidan tasdiqlash;

professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun oʻquv yuklamalari normativini tasdiqlash (oʻquv soatlari hajmi), shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy metodik va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishni ragʻbatlantirish shakllarini ishlab chiqish;

tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va stajirovka oʻtash tartibini tasdiqlash;

oʻquv jarayonining yakuniy natijalari uchun attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash;

bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilishning asosiy talablarni tasdiqlash;

Institut boʻlimlari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;

boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi hamda Institut xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash mezonlarini tasdiqlash;

qonun hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Kengash kollegial muhokama qilishni talab etadigan, Institut faoliyatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi va hal qilishi mumkin. Kengash qarorlari Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi va Institutning barcha tarkibiy boʻlinmalari, xodimlari va tinglovchilari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlib hisoblanadi. Kengash raisi: Institut Ustaviga muvofiq, Kengashning faoliyatini tashkil etadi, uning majlislarini olib boradi, Kengash aʼzolari oʻrtasida vazifalar va topshiriqlarni taqsimlaydi;

Kengash qarorlari ijrosini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;

Kengashning navbatdagi va navbatdan tashqari majlislarini oʻtkazish kuni, vaqti va joyini belgilaydi;

Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarning jamoatchilik asosida muhokama qilinishi va ularning hal etilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

Kengash majlisi uchun kun tartibiga Kengash ish rejasida nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa zarur boʻlgan masalalarni kiritadi;

Kengash faoliyati boʻyicha va u tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;

Institut Ustaviga muvofiq, Kengash faoliyatini tashkil etishga doir boshqa masalalarni hal qiladi. Institut rahbariyati

Direktor JALILOV Aktam Tashnazarovich Telefon: (+998 71) 232-61-45

E-mail: [email protected]

Qabul kunlari: Seshanba va Payshanba

Qabul vaqti: 10:00 dan 12:00 gacha

thumb|160x160px|YUNUSOV

Alisher Bobomuradovich

|left YUNUSOV

Alisher Bobomuradovich

Direktor oʻrinbosari Telefon: (+998 71) 232-60-69

E-mail: [email protected]

Qabul kunlari: Chorshanba va Juma

Qabul vaqti: 10:00 dan 12:00 gacha

Kafedralar „Boshqaruv koʻnikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish“ kafedrasi „Boshqaruv koʻnikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish“ kafedrasi Institutning tarkibiy tuzilmasi boʻlib,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi „Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ—4768-sonli Qarori bilan tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga muvofiq tashkil etilgan.

Kafedra faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, Institut Ustaviga, Ilmiy kengash qarorlariga, Institut direktorining buyruqlariga va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

Kafedraning asosiy maqsadi tinglovchilarga boshqaruv nazariyasi, uning psixologik asoslari, boshqaruv va rahbarlikning oʻziga xos jihatlari, tashabbuskorlik va shaxsiy yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda tizimli tahlil, strategik rejalashtirish, mantiqiy fikrlash, strategik qarorlarni qabul qilish, inson kapitalini boshqarish, moliyaviy savodxonlik boʻyicha chuqur bilim berish hamda mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borishdan iborat.

Shuningdek, kafedrada institutning umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, bir yoki bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi, davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini tayyorlash kurslariga akademik yordam beriladi hamda tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Kafedraning maqsadidan kelib chiqib quyidagi asosiy vazifalar belgilangan: