left|thumb|270x270px| Furusato Land Ogawa Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1074 ta xonadonda 2585 nafar aholi istiqomat qilganOgawa Village official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 44 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 58,11 kvadrat kilometr (22,44 mi²) ni tashkil etadi. Ogava Yaponiyadagi eng goʻzal qishloqlar roʻyxatiga kiritilgan.
Geografiyasi Ogavabqishlogʻi Nagano prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida, togʻlar orasida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Nagano prefekturasi Nagano Ōmachi Hakuba
Iqlimi Qishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, qisqa kechadigan issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ogavada oʻrtacha yillik harorat 10,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1273 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,3 °C atrofida boʻladiOgawa climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraOgawa population statistics, Ogava aholisi soni 1950-yildagi eng yuqori choʻqqiga nisbatan toʻrtdan uch qismdan koʻproqqa kamaygan.
Tarixi Hozirgi Ogava hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Kita-Ogava va Minami-Ogava qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Ikki qishloq birlashib, 1955-yil 1-aprelda Ogava qishlogʻini tashkil qilgan.
Iqtisodiyoti Ogava iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, birinchi navbatda sholi yetishtirish va bogʻdorchilikka asoslanadi.
Taʼlim tizimi Ogavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻl
Ogavada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 406
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Furusato Land Ogava, oʻlkashunoslik muzeyi Galereya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti
Turkum:Nagano prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Ogava (Nagano)