Vincent Filipp Antuan Candela () (1973-yil 24-oktabrda tugʻilgan) – fransiyalik sobiq professional futbolchi. Fransiya terma jamoasi bilan Candela 1998-yilgi FIFA Jahon kubogi va UEFA Yevro 2000 musobaqalarida gʻolib chiqgan.

Yoshlik yillari Candela Bédarieux, Herault shahrida tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati Klub darajasida Candela Fransiyada Tuluza (1992—1995) va Guingamp (1995—1997) jamoalarida futbol oʻynagan, keyin Italiyaning „Roma“ jamoasiga (1997—2005) oʻtgan. U 2001-yilda „Roma“ bilan bitta skudetto, shuningdek, Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari klubga 2003-yilda Italiya kubogi finalida gʻolib chiqishga yordam bergan. Keyinchalik u Angliyaning „Bolton Wanderers“ jamoasiga (2005) qoʻshilgan. Oradan biroz vaqt oʻtgach Candela Italiyaga qaytib, „Udineze“ (2005—2006) va Siena (2006—2007) klublarida oʻynagan, shuningdek, Messina (2007) bilan ijara shartnomasi imzolagan. 2007-yil 28-yanvarda u Messina uchun A Seriyadagi soʻnggi oʻyinini Askoli jamosiga qarshi oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati Fransiya terma jamoasida Candela 1996-2003 yillarda 40 marta maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Uning maydonga tushish soni Bixente Lizarazu tomonidan cheklangan, ammo u Fransiyaning 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz maydonida gʻalaba qozonganida bitta oʻyinda maydonga tushgan. Fransiya gʻalaba qozongan Yevro-2000 musobaqasi davomida Candela ikkita oʻyin oʻtkazgan, ikkalasida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. 1996-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushgan. 

Xalqaro maydondagi gollari +Vincent Candela tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1998-yil 14-oktyabr Stad de Frans, Sen-Deni, Fransiya 1-0 2-0 UEFA Yevro-2000 saralashi 2 2001-yil 6-oktyabr Stad de Frans, Sen-Deni, Fransiya 1-0 4-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari Guingamp

UEFA Intertoto kubogi : 1996

Roma

A seriya : 2000—2001 Italiya Superkubogi : 2001-yil

Fransiya

FIFA Jahon chempionati : 1998-yil UEFA Yevropa chempionati : 2000-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Toulouse FC futbolchilari Turkum:En Avant Guingamp futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Bolton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Siena FC SSD futbolchilari Turkum:ACR Messina futbolchilari Turkum:Udinese Calcio futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar