„Sweater Weather“ — Amerikaning alternativ rok guruhi „The Neighborhood“ tomonidan aytilgan qoʻshiq. Qoʻshiq guruh aʼzolari Jesse Rutherford, Zach Abels va Jeremy Freedman tomonidan yozilgan va Justyn Pilbrou tomonidan prodyuserlik qilingan. Trek guruhning „I Love You“ (2013) nomli ilk studiyaviy albomining bosh singli sifatida chiqarilgan. „Sweater Weather“ 2013-yil iyun oyida Billboard Alternative Songs chartida birinchi oʻrinni egallagan va ketma-ket oʻn bir hafta jadvalning eng yuqorisida boʻlgan. „Pentatonix“ guruhi oʻzlarining 2018-yilgi „Christmas Is Here“ albomi uchun qoʻshiqning oʻzgacha talqinini klipi bilan birga chiqardilar. 2020-yilning oʻrtalari va oxirlarida qoʻshiq TikTok ijtimoiy media platformasida qoʻllanilganligi sababli mashhurligi qayta tiklandi. Qoʻshiq 2020-yil noyabr oyi davomida Spotify platformasida 5 milliondan ortiq oqimlarda uzatilgan. 2022-yil 5-yanvar holatiga koʻra, qoʻshiq Spotify’da eng koʻp tinglangan qoʻshiqlarning 100 taligidan joy olgan.

Yaratilish tarixi "Bir kun Jesse mening uyimdaligida men gitara chalib oʻtirgan edim va u „sen juda yaxshi kuy chalyabsan kel men buni yozib olaman“ deb qoldi. Shunday qilib, bu kuy „Sweather Weather“ qoʻshigʻiga aylandi." — deydi Zach Abels oʻzining Radio.com saytiga bergan intervyusida.

"Menimcha, „Sweater Weather“ biz yozgan qoʻshiqlarning ichida eng yaxshisi boʻlgan", deb qoʻshimcha qilgan Ruterford.

Klipi „Sweater Weatherr“ qoʻshigʻi uchun ikkita klip suratga olingan. Asl video 2012-yil 28-martda chiqarilgan, biroq keyinchalik roʻyxatga kiritilmagan deb belgilangan. „Sweater Weather“ qoʻshigʻi uchun ikkinchi musiqiy video Zach Sekuler va Daniel Iglesias Jr. tomonidan rejissyorlik qilingan boʻlib, kulrang rangda suratga olingan. Ikkinchi klip 2013-yil 5-martda chiqarilgan.

Chartlar +Haftalik chart Chart (2013—2014) Eng yuqori pozitsiyasi Chart (2020—2022) Eng yuqori pozitsiyasi Avstraliya (ARIA) 31 Greece International (IFPI) 14 Irlandiya (IRMA) 67 Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ) 34 Slovakiya (Singles Digitál Top 100) 17 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 51

Manbalar

Turkum:2012-yil qoʻshiqlari Turkum:The Neighbourhood qoʻshiqlari