Andrei Vladimirovich Karpovich () (1981-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozir „Aktobe“ klubida murabbiylik bilan shugʻullanmoqda. Xalqaro maydonda Qozogʻiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Faoliyati
Klub Karpovich oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan Semey shahrida mahalliy „Elimay“ klubida boshlagan. Mahalliy klubda oʻzini koʻrsatgandan soʻng karpov bir qator nomdor jamoalarda oʻynagan. shundan soʻng nihoyat, 2007-yilda Rossiya Premyer Ligasining „Dinamo Moskva“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2009-yilning fevral oyida u Qozogʻiston Premyer ligasining „Lokomotiv Astana“ jamoasi bilan shartnmoa imzolagan va jamoa tarkibiga borib qoʻshilgan.
Xalqaro faoliyati Karpovich Qozogʻiston UEFA chempionatiga qoʻshilganidan soʻng Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida maydonga tusha boshlagan. Karpovich Qozogʻistonning UEFA chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qilgan. Oʻyin 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Ukrainaga qarshi boʻlib oʻtgan. Karpov Futbol boʻyicha Qozogʻiston terma jamoasi safida jami 49 ta xalqaro oʻyinda maydonga tushgan.
Murabbiylik faoliyati 2018-yilning 15-oktyabr kuni Karlos Alos oʻzaro kelishuvga koʻra ketganidan soʻng, Karpovich "Qayrat" klubiga vaqtinchalik murabbiy etib tayinlangan va oʻzining taktikalari bilan jamoani yuqori pogʻonolarga koʻtarishga harakat qilgan. Klubga yangi murabbiy tayinlangach Karpovich vazifasidan ozod etilgan.
2019-yil 3-yanvar kuni Karpovich Qozogʻiston Premyer-ligasining 2019-yilgi mavsumi uchun „Oqjetpes“ klubi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilingan. „Oqjetpes“ jamoasidagi muvaffaqiyatli mavsumidan soʻng Karpovich Qozogʻiston grandlarining eʼtiborini oʻziga tortgan. Karpovich yangi mavsumda Aktobe jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ularning murabbiyi sifatida ish boshlagan. Karpov ayni damda ham Aktobe jamoasini boshqarib kelmoqda.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2004-yil 28-aprel Markaziy stadion, Olmaota, Qozogʻiston 2-3 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik 2. 2004-yil 8-sentyabr Markaziy stadion, Olmaota, Qozogʻiston 1-2 Magʻlubiyat 2006-yilgi jahon chempionati saralashi 3. 2010-yil 11-avgust Astana Arena, Ostona, Qozogʻiston 3-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:FC Yelimay futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:FC Astana futbolchilari Turkum:FC Altay futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar