Siroj Ziyamov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi Ziyamov Siroj 1910-yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1939-yildan KPSS aʼzosi hisoblangan.

Ziyamov 1929-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1929—1946-yillarda ishchi, seh mexanigi, ,,Tashselmash" zavodi partiya qoʻmitasi kotibi, Toshkent shahar Oʻzbekiston Kompartiyasi Lenin okrug qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Oʻzbekiston okrug qoʻmitasining birinchi kotibi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek,  Ziyamov Siroj Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining kadrlar boʻyicha kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoʻqon shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR savdo vaziri va Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti ijrochi direktori hamda Oʻzbekiston SSR kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimlarida ham ishlagan.

Ziyamov Siroj Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 3-, 4-, 5-, 6-, 7- va 8-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Ziyamov 1980-yildan keyin vafot etgan.

Havolalar Gazeta

Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoʻqon shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar