Dilly Duka ( 1989-yil 15-sentyabrda AQShning Montvill shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, „Motown“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaygan.

Klublardagi faoliyati thumb|320x320px| Duka „Chicago Fire“ safida (2013) Dilaver Duka futbolni Rutgers universitetining futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan. Oʻqishni tamomlagach, mahalliy klublarda oʻzini sinab koʻrgan. Xususan, „New Jersey Rangers“ va „Newark Ironbound Express“ jamoalarida ham faoliyat yuritgan.

15-avgust kuni u MLSdagi debyutini „Real Salt Lake“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 2011-yil 16-oktyabrda „New England Revolution“ jamoasiga qarshi oʻyinida Dilaver Duka birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan.

2013-yilda Dilaver Duka „Chicago Fire“ futbol klubiga kelib qoʻshilgan. U 3-mart kuni „Los Angeles Galaxy“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda debyut qilgan. 23-iyun kuni sobiq „Columbus Crew“ futbol klubiga qarshi bahsda Dilaver Duka birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan.

2017-yil 10-avgustda Dilaver Duka „New York Red Bulls“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U „New York Red Bulls“ safidagi debyutini 19-avgustda „Portlend Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. Ammo 2017-yilgi mavsum oxirida „New York Red Bulls“ Dilaver Duka bilan shartnomani uzaytirmagan.

2019-yil yanvar oyida Dilaver Duka ikki haftalik sinovdan oʻtib, Albaniya chempionatining „Partizani Tirana“ futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati 2009-yilda Dilaver Duka AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Germaniya, Kamerun va Janubiy Koreya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Kamerunlik tengdoshlariga qarshi kechgan bahsda Dilaver Duka gol urgan.

Statistikasi JamoaMavsumLigaPlay-off bosqichiKubokKontinentalJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNew Jersey Rangers200800---00Newark Ironbound Express20084100--41200930---30Jami7100000071Columbus Crew20103000304010020112221000102422012200-00-200Jami452103050542Chicago Fire2013314-40-354201460-00-60Jami374004000414Montreal Impact2014143-00401832015272313062395Jami4153130102578Columbus Crew SC2016151-00-1512017000010-10Jami151001000161New York Red Bulls20173000000030New York Red Bulls II (ijara)20173000--30FC Motown2018665323-1312Partizani Tirana2018 —201900-000000Umumiy faoliyatida157199413315219428

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Albaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar