Antonio-Mirko Čolak (; 1993-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, Shotlandiya Premyer-ligasining „Rangers“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan Čolak Xorvatiya terma jamoasini himoya qiladi.

Čolak katta faoliyatini nemis futbolining quyi divizionida boshlagan va shundan soʻng Germaniya, Polsha, Xorvatiya, Gretsiya, Shvetsiya va Shotlandiya futbolining yuqori pogʻonalarida oʻynagan. Xorvatiyaning „HNK Rijeka“ klubida oʻynab, Prva HNL 2019—2020-yilgi mavsumida eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.

Čolak Xorvatiya yoshlar terma jamoasida 20 dan ortiq marta maydonga tushdi va 2020-yilning noyabr oyida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida mamlakat terma jamoasi safida debyut qildi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati 2000-yilda „Stuttgarter Kickers“ bilan shartnoma imzoladi va u yerda sakkiz yil oʻynadi, 2008-yilda Freiburgga qaytdi. 2010-yilda „Hoffenheim“dagi yoshlar akademiyasida bor-yoʻgʻi 1 yil oʻynadi va 2011-yilda „Karlsruhe“ga koʻchib oʻtdi. 2012-yilda 1. FC Nürnbergga qoʻshildi. Debyutini 2013-yilning 19-oktyabrida Bundesliga doirasidagi Frankfurtning „Eintracht“iga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Hoffenheim va ijara 2015-yilning yozida TSG 1899 Hoffenheim bilan shartnoma imzoladi, ammo butun shartnoma davomida klub safida umuman oʻynamadi. 2016-yilning 25-iyulida Čolak „Darmstadt 98“ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Keyingi mavsumda 2. Bundesliga vakili Ingolshtadtga ijaraga yuborildi.

Rijeka Ingolstadtda oʻzaro kelishilgan holda, 2018-yilning yanvarida Čolak Xorvatiyaning „HNK Rijeka“ klubiga 2019-yilning iyunigacha ijaraga berildi. Ijara muddati tugagandan soʻng, 2019-yil 22-iyunda Čolak rasman HNK Rijeka bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi. 2019—2020-yilgi mavsumda 20 ta gol bilan Xorvatiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

PAOK va Malmöga ijara 2020-yil 20-sentyabrda PAOK Rijeka bilan Čolakni sotib olish shartlarini kelishib oldi. Gretsiya klubi 3 000 000 yevrodan koʻproq pul toʻlagan.

2021-yilning 6-martidan 2021-yil dekabrigacha ijara shartnomasi asosida Shvetsiyaning „Malmö FF“ jamoasi oʻynadi. Malmö FFda Čolak dastlabki 15 oʻyinida oʻnta gol urdi, jamoa chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2022-yilning yanvar oyi boshidan PAOKga qaytdi.

Rangers 2022-yil 7-iyulda Čolak oʻzining oʻn birinchi klubi „Rangers“ ga qoʻshildi va Shotlandiya Premyer-ligasi jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi debyutini 30-iyul kuni Shotlandiya Premyer-ligasi vakili „Livingston“ga qarshi oʻtkazdi. Čolak „Rangers“ safidagi ilk golini 6-avgust kuni Shotlandiya Premyer-ligasida Kilmarnockka qarshi oʻyinda kiritdi va undan keyin keyingi ikki oʻyinda: Royale Union Saint-Gilloise va St Johnstonega ham gol urdi.

Xalqaro faoliyati Čolak Xorvatiya terma jamoasining 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan toifadagi jamoalarida oʻynagan 2020-yil 27-avgust kuni Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalić Čolakni Millatlar ligasining 2020-yil 5-sentyabr kuni Portugaliyaga, 2020-yil 8-sentyabrda Fransiyaga qarshi oʻyinlari uchun futbolchilar roʻyxatiga kiritdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarKarlsruher II2011—2012Regionalliga Süd11————11Nürnberg II2012—2013Regionalliga Bayern3112————31122013—2014Regionalliga Bayern2616————26162014—2015Regionalliga Bayern10————10Jami5828————5828Nürnberg2013—2014Bundesliga6000———602014—20152. Bundesliga1000———10Jami7000———70Lechia Gdańsk (ijara)2014—2015Ekstraklasa301010———3110Hoffenheim2015—2016Bundesliga0000———00Kaiserslautern II (ijara)2015—2016Regionalliga Südwest12————12Kaiserslautern (ijara)2015—20162. Bundesliga22520———245Darmstadt (ijara)2016—2017Bundesliga22423———247Ingolstadt II (ijara)2017—2018Regionalliga Bayern11————11Ingolstadt (ijara)2017—20182. Bundesliga6020———80Rijeka (ijara)2017—2018Prva HNL16600—00—1662018—2019Prva HNL241257—20—3119Rijeka2019—2020Prva HNL322044—421041262020—2021Prva HNL4000—00—40Jami7638911—62109251PAOK2020—2021Gretsiya Superligasi10100—60—1612021—2022Gretsiya Superligasi15221—60—233Jami25321—120—394Malmö FF (ijara)2021Allsvenskan261413—145—4122Rangers2022—2023Shotlandiya Premyer-ligasi14110000103—2414Jami faoliyati289117191800421010351145

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Xorvatiya 2020 1 0 2021 2 0 Jami 3 0

Yutuqlari Rijeka

Xorvatiya kubogi: 2018—2019, 2019—2020

Malmö FF

Allsvenskan: 2021

PAOK

Gretsiya kubogi sohibi: 2021—2022

Individual

Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasi eng yaxshi toʻpurari: 2019—2020 (20 gol)

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar