Andrew MacLaren Considine () (1987-yil 1-aprelda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Andrew Considine Shotlandiya Premer-ligasi vakili „St Johnstone“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Andrew Considine 18 yil davomida „Aberdeen“ futbol klubi safida 550 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan va bu natija bilan u oʻz tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar qatoriga kirgan. Andrew Considine 2021—2022-yilgi mavsumdan keyin „Aberdeen“ futbol klubini tark etdi va „St Johnstone“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Klubdagi faoliyati

Aberdeen Considine yoshligida „Rangers“ futbol klubi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega edi, lekin u „Aberdeen“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Chunki Andrew Considine ularning birinchi jamoasiga kirish imkoniyati koʻproq ekanligini his qilgan edi. Andrew Considine oʻzining ilk oʻyinini 2004-yilning may oyida „Dundee“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. 2005—2006-yillarda Andrew Considine oʻyin koʻrsatish boʻyicha ikki karra koʻrsatkichlarga erishdi va 2006—2007-yilgi mavsumda asosiy jamoa safiga qoʻshildi. Andrew Considine 2007-yil yanvarida „St Mirren“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan) „Aberdeen“ futbol klubi uchun birinchi golini kiritdi. 

Considine 2011—2012-yilgi mavsumda „Aberdeen“ futbol klubining yilning eng yaxshi futbolchisi boʻldi. Andrew Considine 2012—2013-yilgi mavsumda klub safida muntazam oʻynashda davom etdi, biroq 29-dekabr kuni „Dundee“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oyogʻi sindi.

2014-yilning 29-dekabrida Considine shartnomasini ikki yarim yilga uzaytirdi va bu shartnoma Andrew Considineni 2017-yil yozigacha „Aberdeen“ futbol klubida qoldirdi. Considine 2015-yil 27-mart kuni Gollandiyaning „Tvente“ klubiga qarshi oʻyinda „Aberdeen“ klubidagi koʻp yillik xizmatlari uchun mukofotlandi.

Andrew Considine 2017-yilning 14-fevralida klub bilan yana bir yangi shartnoma imzoladi. 2017-yilning 31-martida u Dens Parkda „Dundee“ futbol klubi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qayd etdi.

2019-yil aprel oyida Andrew Considine „Aberdeen“ futbol klubibilan (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) ikki yillik shartnoma imzoladi. U 2019-yil 24-noyabr kuni „St Johnstone“ klubiga qarshi oʻyinda „Aberdeen“ klubi uchun 500-uchrashuvini oʻtkazdiMacintyre, Kenny (21 November 2019). . Uning shartnomasi 2020-yil dekabr oyida yana uzaytirildi.

Andrew Considine 2021—2022-yilgi mavsumning koʻp qismini jarohat olib, oʻtkazib yubordi. U 2022-yilning bahorida oʻzining jismoniy holatiga qaytdi, biroq 2022-yil aprel oyida klub bilan yangi shartnomaga kelishib boʻlmagani uchun mavsum oxirida klubni tark etishi eʼlon qilindi.

St Johnstone Considine 2022-yil 16-iyun kuni „St Johnstone“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti Considine Banchory shahrida tugʻilib oʻsgan. Andrew Considine „Aberdeen“ futbol klubining sobiq himoyachisi Doug Considinening oʻgʻlidir.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAberdeen2003—2004Shotlandiya Premer ligasi10000000102004—2005Shotlandiya Premer ligasi10000000102005—2006Shotlandiya Premer ligasi1201010001402006—2007Shotlandiya Premer ligasi3322010003622007—2008Shotlandiya Premer ligasi2205232703742008—2009Shotlandiya Premer ligasi2012010002312009—2010Shotlandiya Premer ligasi1610010201912010—2011Shotlandiya Premer ligasi2704030003402011—2012Shotlandiya Premer ligasi3634120004242012—2013Shotlandiya Premer ligasi1802020002202013—2014Shotlandiya Premer ligasi2104131002822014—2015Shotlandiya Premer ligasi3721030404522015—2016Shotlandiya Premer ligasi3221010614032016—2017Shotlandiya Premer ligasi3665040605162017—2018Shotlandiya Premer ligasi3244020404242018—2019Shotlandiya Premer ligasi3336140104442019—2020Shotlandiya Premer ligasi2745121604062020—2021Shotlandiya Premer ligasi3613010304312021—2022Shotlandiya Premer ligasi4000005171Jami4422949634444256941

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa YilIshtirokGollar Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi 2020 3 0 Jami 3 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar