Nemanya Nikolić () (1992-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, „Voyvodina“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Yoshlik yillari Kralyevoda tugʻilgan Nikolić futbolga ilk qadamlarini mahalliy Bubamara akademiyasida qoʻygan. Shundan soʻng u Sloga Kralyevo yoshlar akademiyasiga oʻtgan. Keyinchalik Metalac Kralyevoga koʻchib oʻtgan. Oradan biroz vaqt oʻtib Nikolić Chernogoriya birinchi ligasi vakili Grbalj bilan shartnoma imzolagan va jamoa safida 2011 va 2012-yillar orasida oʻynagan.
2013-yilning 22-fevralida Nikolić klub bilan oʻn kunlik sinov muddatidan oʻtib, „Rostov“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan. U Rossiya Premyer-ligasida 2013-yilning 20-oktabr kuni „Rostov“ safida Miodrag Bojovich bosh murabbiyligidagi „Krylia Sovetov Samara“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
2016-yil 5-avgustda Nikolić „Aktobe“ bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. Qozogʻiston Premyer-ligasida mavsum yakunlangach, Nikolić klubni tark etgan.
Spartak Subotica 2017-yil fevral oyida Nikolich 2 yillik shartnoma asosida Spartak Subotica qoʻshilgan. Klubdagi birinchi yarim mavsumda Nikolić asosan Ognyen Mudrinski uchun zaxira oʻyinchisi sifatida foydalanilgan va 7 ta golsiz oʻyin oʻtkazgan. Serbiya Superligasining 2017/2018-yilgi mavsumi boshida Nikolić OFK Bačkaga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida gol urib, murabbiy Aleksandr Veselinovich qoʻl ostida asosiy hujumchiga aylangan. Mavsumning ikkinchi oʻyinida Borac Chachakka qarshi mehmonda 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda 2 gol va 2 golli uzatmadan soʻng Nikolić haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. U oʻsha mavsumning 7-turida ikkinchi marta „Voyvodina“ jamoasini 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratilgan oʻyinda, 2 gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2017-yil 26-noyabrda boʻlib oʻtgan oʻyinda „Partizan“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan bahsda jamosining yagona goliga mualliflik qilgan Nikolić oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Nikolić mavsum oʻrtalarida klubning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida taqdirlangan. 2018-yilning may oyida Nikolić klublar sardorlari va murabbiylari tomonidan 2017/2018-yilgi Serbiya Superligasi mavsumining eng yaxshi 11 nafar futbolchisi qatoriga kirgizilgan.
Partizan 2018-yilning 22-mayida Nikolić „Spartak Subotica“dan 350 ming yevro evaziga „Partizan“ jamoasiga oʻtgan. OAVning xabar berishicha, kelishuvga kelajakdagi transferning narxining 20 foizi ham kiritilgan. U 2018-yil 28-mayda rasman jamoaga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan, oʻshanda unga 9-raqamli libos berilgan. U „Partizan“ jamoasi safida 2018/2019-yilgi mavsum uchun UEFA Yevropa ligasining birinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Rudar Pljevlya“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Nikolić 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan 159-belgrad derbisida gol urgan.
Vojvodina ijara 2019-yil 19-avgustda Nikolić Vojvodina bilan 6 oydan keyin sotib olish imkoniyati bilan bir yillik ijara shartnomsini imzolagan.
Tobol 2021-yil 28-mart kuni Nikolić „Tobol“ bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. 2021-yilning 30-iyulida Nikolić bilan shartnoma oʻzaro kelishuv asosida bekor qilinganidan soʻng, „Tobol“ uning klubdan ketishini eʼlon qilgan.
Spartak Suboticaga qaytish 2021-yil 18-sentyabrda u „Spartak Subotica“ga qaytgan. U jamoa bilan 1 yillik shartnoma imzolagan.
Vojvodinaga qaytish 2022-yilning 15-iyunida Nikolić „Vojvodina“ bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolGrbalj2011—2012Montonegro Birinchi Ligasi21400——2142012—201316421——185Jami37821——399Rostov2012—2013Rossiya Premyer Ligasi0000—00002013—20142000——202014—20151010——202015—20160010——10Jami3020—0050Aktobe2016Qozogʻiston Premyer Ligasi500000—50Spartak Subotica2016—2017Serbiya Super Ligasi70———702017—2018301221——3213Jami371221——3913Partizan2018—2019Serbiya Super Ligasi2973140—3682019—2020000000—002020—2021000000—00Jami2973140—368Vojvodina (Ijara)2019—2020Serbiya Super Ligasi9320——113Spartak Subotica (Ijara)8600——862020—202110700——107Jami181300——1813Al Raed2020—2021Saudiya Professional Ligasi14310——153Tobol2021Qozogʻiston Premyer Ligasi178101000198Spartak Subotica2021—2022Serbiya Super Ligasi241100——2411Vojvodina2022—2023Serbiya Super Ligasi17321——194Karyerada jami21068154500023072
Yutuqlari
Klub
Rostov
Rossiya kubogi : 2013—2014
Partizan
Serbiya kubogi : 2018—2019
Manbalar
Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar