Yaponiya Nagano prefekturasida joylashgan shahar. 2019 yil 1-Fevral holatgaga koʻra, shahardagi 7372 xonadonda 20,118 kishi iqtiqomat qilgan[http://www.city.iiyama.nagano.jp/soshiki/shiminkankyou/shimin/toukei/jyuuminkihon Iiyama city official statistics va aholi zichligi taxminan 1 kvadrat kilometrga 99 kishidan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 202,43 kvadrat kilometr (78.16 mi) ni tashkil etadi. U oʻzini „Yaponiyaning ona shahri“ deb biladi va „Qor mamlakatining kichkina kyotosi“ deb nomlanadi.

Geografiyasi Iiyama Nagano prefekturasining shimoliy togʻli qismida joylashgan boʻlib, shimolda Niigata prefekturasi bilan chegaradosh. Bu hudud koʻp miqdordaqor yogʻadigan qattiq qish fasli bilan mashhur. Chikuma daryosi (Yaponiyadagi eng uzun daryo) hududning markazidan oqib oʻtadi hamda Niigata prefekturasi hududiga oʻtganda Shinano daryosi deb ataladi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Nakano Kijimadaira Nozavaonsen Shinano Sakae Niigata prefekturasi Joetsu Myokko

Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa). Iiyamada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy yanvar hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi. Butun shahar Yaponiyadagi qor mamlakatining bir qismi hisoblanadi, bu yerda qishda koʻp qor toʻplanadi.

Tarixi Hozirgi Iiyama hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu hudud Edo davrida Iiyama domenining bir qismi hisoblangan va shaharning oʻzagi Honda urugʻining kadet boʻlimi tomonidan boshqariladigan hamda Iiyama qal’asi atrofidagi jokamachi hisoblangan. Zamonaviy Iiyama shahri 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Naganoning Shimominochi tumanida bunyod etilgan. U 1954-yil 1-avgustda Iiyama shahriga qoʻshni Akitsu, Tokiva, Yanagihara, Tozama, Kijima va Zuiho qishloqlari bilan birlashishi natijasida shahar maqomiga koʻtarildi. Shahar 1955-yilda Ōta va Okayama qishloqlari hududini ham oʻziga qoʻshib olgan.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraIiyama population statistics, Iiyama aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamaygan.

Hukumat Iiyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.

Iqtisodiyoti Iiyama iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, guruch, qushqo'nmas, qoʻziqorin va kartoshka yetishtirishga alohida eʼtibor beradi. Ishlab chiqarish Butsudan sanʼati mahsulotlari, changʻi va elektronika ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. Togʻ-changʻi kurortlari va issiq buloqlarga mavsumiy turizmi ham shahr iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshadi.

Televizor va elektronika ishlab chiqaruvchi Iiyama kompaniyasi 1972-yilda shaharda tashkil etilgan, biroq bir qator qoʻshilishlardan soʻng kompaniya u yerdagi oʻz shtab-kvartirasi faoliyatini yakunlagan. Qadimgi ofis Iiyamaning bosh kompaniyasi boʻlib, u kompyuter sichqonchasi ishlab chiqarish markazi sifatida foydalanishda davom etmoqda.

Taʼlim tizimi Iiyamada yettita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham mavjud.

Transport

Temir yoʻl

20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Hokuriku Shinkansen Iiyama 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iiyama liniyasi Hachisu — Iiyama — Kita-Iiyama — Shinano-Taira — Togari-Nozavaonsen — Kamisakai — Kami-Kuvanagava — Kuvanagava — Nishi-Ōtaki

Magistral yoʻl

link=|alt=E18|24x24px Joshin-etsu tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 117 Milliy yoʻnalish 293 Milliy yoʻnalish 403

Xalqaro munosabatlar

 — Futian tumani, Shenjen, Xitoy - 2014-yil 10-iyuldan buyon

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Mintaqada koʻplab taniqli changʻi kurortlari mavjud. Bularga Nozava Onsen changʻi kurorti, Madarao Kogen, Tangram changʻi arenasi, Togari Onsen va Hokuryuko kiradiDestination Madarao Kogen Yaponiyaning landshaft dizayni hisoblanadi. Iiyama shuningdek, fevral oyida Iiyama qor festivali va Kamakura qor kulbasi festivali shuningdek avgust oyida Iiyama Dontokoi kabi bir qator mashhur festivallarga mezbonlik qiladiDestination Madarao Kogen — Things to Do. Nagano prefekturasi va Niigata prefekturasi oʻrtasidagi chegara boʻylab Iiyama orqali oʻtadigan Shinetsu yoʻli yozda mashhur sayyohlik hududiga aylanadi. 2015-yil fevral oyida Ginnesning rekordlar kitobi shahar „bir soat ichida eng ko‘p qor odam yasash“ rekordini rasman yangilaganini tasdiqladi.

Iiyamaning taniqli odamlari

Naoki Inose — yozuvchi va sobiq Tokio gubernatori

Manbalar

Havolalar

Official Website

Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharlar Turkum:Iiyama (Nagano)