Mark Flekken (1993-yil 13-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Freiburg“ klubi va Gollandiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Alemannia Aachen va Greyther Fürth Flekken faoliyatini Bocholtz shahrida RKVV WDZ yoshlar boʻlimida boshlagan. 2011-yil 22-sentyabrda birinchi professional shartnomasini imzoladi.
2012—2013-yilgi 3. Liga mavsumining qishki tanaffusida Flekken René van Eck tomonidan asosiy darvozabon etib tayinlandi. Flekken 2013-yilning 26-yanvarida 1. Saarbruken FKga qarshi uy uchrashuvida (2:0) debyut qilgan.
MSV Duisburg Flekken 2016-yil 12-iyun kuni MSV Duisburg bilan shartnoma imzoladi. 2016-yil 7-avgustda VfL Osnabrückga qarshi oʻyinda soʻnggi daqiqada gol urdi, oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi..
SC Freiburg Flekken 2018—2019-yilhi mavsumda SC Freiburgga qoʻshildi. Mavsum davomida Alexandr Shwolowning zaxira darvozaboni boʻldi. 2018—2019-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida 1. Nürnberg klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Flekken 2021—2022-yilgi mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshladi va ketma-ket oʻnta oʻyinda jamoasi magʻlubiyatsiz oʻynaganidan soʻng ligada uchinchi oʻrinni egalladi. Shwolow 2020—2021-yilgi mavsum boshlanishidan oldin ketganidan soʻng, Flekken asosiy darvozabon etib tayinlandi, biroq koʻp oʻtmay DFB-Pokal doirasida SV Waldhof Mannheimga qarshi oʻyinda tirsagidan jiddiy jarohat oldi va butun mavsum qayta oʻynay olmadi.
Xalqaro faoliyati Flekken 2021-yilning 13- va 16-noyabr kunlari Chernogoriya va Norvegiyaga qarshi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan edi.
Flekken Gollandiya terma jamoasi safida 2022-yil 26-mart kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Shaxsiy hayoti
Flekken Germaniya chegarasida Gollandiyaning Limburg, Bocholtz shahrida oʻsgan. Ota-onasi René va Annie ham futbol oʻynashgan, ukasi Roy ham darvozabon boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klubda
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarAlemannia Aachen2012—20133. Liga150——150Greuther Fürth II2013—2014Regionalliga Bayern140——1402014—201530——302015—201680——80Jami250——250Greuther Fürth2014—20152. Bundesliga2000—202015—20161010—20Jami3010—40MSV Duisburg2016—20173. Liga37110—3812017—20182. Bundesliga31010—320Jami68120—700SC Freiburg2018—2019Bundesliga1000—102019—202010010—1102020—20213010—402021—202232050—3702022—20231501050210Jami6108050740SC Freiburg II2020—2021Regionalliga Südwest30——30Jami faoliyati1751110501911
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar