Richard Allan Petiot () (1982-yil 20-avgustda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi.
Oʻyin faoliyati "Los Angeles Kings" xokkey klubi Petiotni 2001-yilda AJHLning „Camrose Kodiaks“ klubi tarkibiga tarbiyalash uchun qoʻshdi. Keyin Richard Petiot Colorado kollejida toʻrt yil kollej xokkeyi oʻynadi. Richard Petiot 2005-yilning 11-avgustida „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Richard Petiot oʻzining professional debyut oʻyinini 2005—2006-yilgi mavsumda oʻtkazdi va asosan „Kings“ klubining filiali „Manchester Monarchs“ xokkey klubi jamoasida oʻynadi. Richard Petiot 2008-yilning 15-iyulida „Toronto Maple Leafs“ klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashidan oldin, ikki mavsumni „Monarchs“ klubi safida oʻtkazdi.
2008—2009-yilgi mavsumda „Leafs“ klubi Petiotni oʻzining filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubiga joʻnatdi, soʻng Richard Petiotni Olaf Kolzig, Andy Rogers, Jamie Hewardlar bilan birga 2009-yil 4-martda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga almashtirdi.
2009-yil 9-iyulda Richard Petiot „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
2010-yil 2-iyulda Richard Petiot „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolashga rozilik bildirdi.
2011-yil 2-iyulda Richard Petiot sobiq jamoasi „Tampa Bay“ klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Petiot jarohati tufayli 2011—2012-yilgi mavsumda klubning „Norfolk Admirals“ shoʻbasi bilan atigi 6 ta oʻyinda maydonga tushgan holda oʻtkazdi.
Shundan soʻng, Richard Petiot 2013-yil 9-yanvarda AHLning „St Johnʼs IceCaps“ xokkey klubi bilan professional shartnomasini imzolashdi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolAssistOchkoPenaltiOʻyinGolAssistOchkoPenalti2000—2001Camrose KodiaksAJHL558162481821382001—2002Colorado CollegeWCHA39461035—————2002—2003Colorado CollegeWCHA3816786—————2003—2004Colorado CollegeWCHA3935861—————2004—2005Colorado CollegeWCHA2535838—————2005—2006Los Angeles KingsNHL20002—————2005—2006Manchester MonarchsAHL634101452710162006—2007Manchester MonarchsAHL1311225200022007—2008Manchester MonarchsAHL4025756—————2008—2009Toronto MarliesAHL453111459—————2008—2009Norfolk AdmiralsAHL10000—————2008—2009Tampa Bay LightningNHL1103321—————2009—2010Rockford IceHogsAHL808293788400042010—2011Edmonton OilersNHL20002—————2010—2011Oklahoma City BaronsAHL660151552600042011—2012Norfolk AdmrialsAHL60007—————2012—2013St. Johnʼs IceCapsAHL2412322—————NHL (jami)1503325—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar