Johannes Geis (; 1993-yil 17-avgustda tugʻilgan) — germaniyalik professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida 1.Nürnberg klubida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Geis 2013-yil 11-avgustda 1. Mainz 05 jamoasida VfB Stuttgartga qarshi oʻyinda debyut qildi. Jamoa oʻz uyida 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. 2013-yil 17-avgustda Niki Zimlingning „Freiburg“ ga qarshi oʻyindagi goliga assistentlik qildi. 

Schalke 04 2015-yilning 23-iyunida Geis Schalke 04 klubiga 4 yillik shartnoma asosida 12 million yevro evaziga qoʻshildi. 8-avgust kuni DFB-Pokalning birinchi turida MSV Duisburgga qarshi oʻyinda (5:0) debyut qildi.

Geis 25-oktyabr kuni Borussia Mönchengladbach klubiga qarshi oʻyinda André Hahnga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun maydondan chetlatildi, natijada Geis 5 oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

Sevilla 2017-yil 1-sentyabrda Geis Ispaniyaning „Sevilla“ klubiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi, shartnomaga koʻra Sevilla 8 million yevroga sotib olishi mumkin edi.

1. FK Köln 2019-yil 13-yanvarda Geis 1. Köln bilan mavsum oxirigacha bilan shartnoma imzoladi. Köln rahbariyati keyinchalik unga shartnoma uzaytirishni taklif qilmasligini aytdi va iyul oyidan boshlab erkin agent boʻldi.

Xalqaro faoliyati Geis 2013-yilning 13-avgust kuni Frayburg im Breisgauda boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinida Fransiya U21ga qarshi Germaniya U21 terma jamoasi safida debyut qildi.  

2015-yil Chexiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoada 1 ta oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Pragadagi Eden Arenada Daniyaga qarshi guruhdagi ikkinchi oʻyinning 77-daqiqasida Geis Canning oʻrniga maydonga tushdi, oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Faoliyat statistikasi

Klubda

KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarGreuther Fürth2010—20112. Bundesliga6000—602011—20122. Bundesliga3000—302012—2013Bundesliga8100—81Jami1710000171Mainz 052013—2014Bundesliga33110—3412014—2015Bundesliga3441120375Jami6752120716Schalke 042015—2016Bundesliga28211813742016—2017Bundesliga18011502412018—2019Bundesliga00000000Jami46222131615Sevilla (ijara)2017—2018La Liga14040202001. FC Köln2018—20192. Bundesliga14000—1401. FC Nürnberg2019—20202. Bundesliga29520—315Jami faoliyati1851310317121417

Terma jamoada +MavsumTermaIshtirokGollari2008—2009Germaniya U161132009—2010Germaniya U171212010—2011Germaniya U18612011—2012Germaniya U19802012—2013Germaniya U20202013—2015Germaniya U21120

Manbalar

Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar