Andi Lila (1986-yil 12-fevralda Kavajada tugʻilgan) — albaniyalik futbolchi, yarim himoyachi yoki himoyachi. Hozir u Gretsiyaning „PAS Giannina“ futbol klubida oʻynamoqda.
Klublardagi faoliyati Andi Lila futbolchilik faoliyatini Albaniyaning „Besa“ jamoasida boshlagan. 2002-yil 14-dekabrda 16 yoshli Lila „Teuta“ futbol klubiga qarshi oʻyinida debyut qilgan. 2007-yil yanvar oyida Lila Gretsiyaning „Iraklis“ futbol klubiga oʻtdi, lekin u yerda oʻz iqtidorini koʻrsata olmagach, yana „Besa“ futbol klubi safiga qaytgan. Hamda, 2007—2008-yilgi Albaniya chempionati yakunida jamoasining bronza medalini qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Lila „Tirana“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda keyingi 3 mavsumni oʻtkazgan. Bu davr futbolchining faoliyatidagi eng yaxshisi boʻlgan. Shuningdek, 2009-yilda Albaniya Superligasi va 2011-yilda Albaniya kubogi sohibi boʻlgan. Lila oʻzining Albaniya Superligasidagi ilk golini 2008-yilning 14-sentyabrida „Partizani“ futbol klubiga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqasida kiritgan. Bu derbida Lilaning goli „Tirana“ futbol klubiga gʻalaba keltirgan.
Xalqaro faoliyati Andi Lila Albaniya yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalari safida bir qator oʻyinlar oʻtkazdi. 2007-yil 21-noyabrda u asosiy terma jamoa uchun 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirining soʻnggi bosqichi doirasida boʻlib oʻtgan Ruminiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Lili asosiy tarkibda maydonga tushgan. Va oʻsha uchrashuvda unng jamoasi 1:6 hisobida magʻlub boʻlgan.
Statistika +Klublardagi faoliyati statistikasiJamoaMavsumLigaKubokYevropa chempionatiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBesa Kavajë2003—2004100———1002004—2005240———2402005—2006291———2912006—200790———902007—20082902110103312008—2009——10—10Jami10112120101062Iraklis2006—200730———30Tirana2008—200928460——3442009—20102412120102922010—20112666141—368Jami781114261109914PAS Giannina2011—201221000——2102012—201329261——3532013—201426200——2622014—201514100——141Parma (ijara)2014—201513210——142PAS Giannina2015—201619230——2222016—20171810040002212017—20181602000001802019—2019190100000200Tirana2019—20200000000000Umumiy faoliyatida338222841212037626
Manbalar
Havolalar
Andi Lila – Euro 2016 profile at FSHF.org
Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:12-fevralda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Albaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:KF Besa Kavajë futbolchilari Turkum:Iraklis F.C. (Thessaloniki) futbolchilari Turkum:KF Tirana futbolchilari Turkum:PAS Giannina F.C. futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Kategoria Superiore futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Albaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari