Enner Remberto Valencia Lastra (1989-yil 4-noyabrda tugʻilgan) – ekvadorlik professional futbolchi, „Internacional“ klubi hujumchisi va Ekvador terma jamoasi sardori.
Dastlab Ekvadorning „Emelec“ jamoasida oʻynagan. Bu klub tarkibida 2013-yilgi Ekvador chempionatining gʻolibligini qoʻlga kiritgan va shu yili „Copa Sudamericana Golden boot“ sovrini bilan taqdirlangan. Meksika chempionatining 2014-yilgi mavsumida Pachuca klubi tarkibida harakat qilgan. 2014-yilning iyulida taxminan 12 million funt sterling evaziga Angliyaning „West Ham United“ klubiga oʻtgan. 2016-yilning avgustida Evertonga bir mavsumga ijaraga berilgan. 2017-yilning iyulida esa Meksikaning Tigres UANL klubi futbolchisiga aylangan. Tigresda Liga MXning 2017- va 2019-yilgi mavsumlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2019-yilgi CONCACAF Chempionlar Ligasida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2020-yilning avgust oyida Valencia Turkiyaning Fenerbahçe klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro miqyosda Valencia 2012-yildan beri Ekvador safida 70 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2014- va 2022-yillardagi jahon chempionatlarida va 2015, 2016, 2019 va 2021-yillardagi Amerika Kubogida terma jamoa sharafini himoya qilgan. Hozirgi vaqtga kelib Enner Valencia 37 ta gol bilan Ekvador tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlib turibdi.
Shaxsiy hayoti Valencia Esmeraldas provinsiyasida kambagʻal oilada tugʻilgan. Emelecga kelganida boshqa joyda qolishga puli yoʻqligi uchun klub stadionidagi oddiy turar-joylarda tunab qolishga majbur boʻlgan. 2016-yil oktyabr oyida uni Ekvadorda toʻlanmagan aliment uchun hibsga olish boʻyicha buyruq chiqarilgan. 2020-yil avgust oyida Valencianing singlisi Erci San-Lorensoda qurolli toʻda tomonidan garovga olingan va 10 kun davomida hibsda ushlab turilib, sogʻ-salomat qoʻyib yuborilgan.
Manbalar
Havolalar
Enner Valencia Fenerbahçe S.K. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ekvadorlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:C.S. Emelec futbolchilari Turkum:C.F. Pachuca futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Tigres UANL futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:SC Internacional futbolchilari Turkum:Boca Juniors futbolchilari Turkum:Ekvadorlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Meksikadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari