Hassan Khalid Hassan Al-Haydos () (1990-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — qatarlik professional futbolchi. Hassan Al-Haydos „Al Sadd“ futbol klubi va Qatar milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati left|thumb| Hassan Al-Haydos 2012-yilda (Al Sadd) Hassan Al-Haydos sakkiz yoshida „Al Sadd“ futbol klubining yoshlar jamoasida futbol oʻynay boshladi. Hassan Al-Haydos oʻn yetti yoshida asosiy jamoa safiga qoʻshildi. Bu vaqtda „Al Sadd“ futbol klubining bosh murabbiyi Jafal Rashed Al-Kuwari boʻlgan edi.

Hassan Al-Haydos klub safida 2011-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi doirasida „Jeonbuk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan edi. Ushbu oʻyinda „Al Sadd“ futbol klubi Hassan Al-Haydosning penaltidan urgan goli hisobiga gʻalaba qozondi. Gʻalaba „Al Sadd“ futbol klubining Osiyo vakili sifatida Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl olishini taʼminladi.

Hassan Al-Haydos Doha stadionida oʻtkazilgan soʻrovnomada 2014-yilgi „Eng yaxshi Qatar futbolchisi“ deb topildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Hassan Al-Haydos 2007-yilda Qatar olimpiada terma jamoasi safida 2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichi doirasida Yaponiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Hassan Al-Haydos musobaqaning yana ikkita oʻyinida maydonga tushdi. Ularning biri Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasiga qarshi, ikkinchisi esa Vyetnam milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda edi. Shuningdek, Hassan Al-Haydos 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralashi bosqichida Qatar milliy futbol terma jamoasining sardori sifatida maydonga tushgan va dastlabki bosqichda Hindiston milliy futbol terma jamoasi darvozasiga gol urgan.edi. Hassan Al-Haydos ushbu uchrashuvda „O‘yinning eng yaxshi odami“ sovrinini qo‘lga kiritdi.

Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi safida 2008-yilning 10-sentyabrida Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga qarshi 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bahsida maydonga tushdi. Oʻshandan beri Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi bilan 146 ta oʻyin oʻtkazdi. Bu oʻyinlarda Hassan Al-Haydos 32 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkich Hassan Al-Haydosni Qatar milliy futbol terma jamoasi tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga hamda Muhammed Salem Al-Enazi bilan birgalikda toʻrtinchi oʻrindagi eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirdi.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokLiga kubogiMintaqaJamiDiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarAl-Sadd2006—2007QSL802000001002007—20081622000101922008—20091522011202032009—20101561122502392010—201118110111413432011—20121322010001622012—20132255110002862013—20142454251904282014—20152311431010338172015—2016251244101031162016—201719753001025102017—20182112411010036132018—20192010300011234122019—202018820109430122020—20211822020612832021—20221971000612682022—20230000000000Jami2949245151758512441124

Xalqaro Qatar Yil Oʻyin Gollar 2008-yil 5 0 2009-yil 11 0 2010-yil 4 0 2011-yil 3 0 2012-yil 8 0 2013-yil 19 1 2014-yil 14 2 2015-yil 13 6 2016-yil 11 5 2017-yil 17 6 2018-yil 12 4 2019-yil 20 3 2020-yil 4 1 2021-yil 22 5 2022-yil 7 3 Jami 170 36

Yana qarang

100 yoki undan ortiq xalqaro oʻyinda qatnashgan erkak futbolchilari roʻyxati Assotsiatsiya futbolidagi bir klubli futbolchilar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Hassan Al Haydos Fan Website

Official Al Sadd Sports Club website Profile at QSL.com.qa

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qatarlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Al Sadd SC futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:AFC Osiyo kubogida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:FIFA Century Club