right|thumb|285x285px| Jvari suv ombori right|thumb|285x285px| "Tsalenjixa" stadioni right|thumb|285x285px| Potsxo Etseri qishlog'i Tsalenjixa ( , Ċalenjixis municiṗaliṫeṫi ) — Gruziyaning Samegrelo-Zemo Svaneti viloyatidagi tuman. Uning asosiy shahri-Tsalenjixa. Tsalenjixa munitsipaliteti Enguri va Chanistskali daryolari vodiylarida joylashgan, umumiy maydoni 646,7 km2, aholisi 26158 kishini tashkil etadi (2014). Munitsipalitet tarkibiga 14 ta maʼmuriy birlik kiradi, jumladan,2 ta Tsalenjixa va Jvari shaharlari ham
Tarixi Tsalenjixa va uning atrofi g'arbiy gruzin qabilalarining asl manzilgohi bo'lgan.
Tarixiy manbalarda ko'rsatilishicha, shaharcha hududida odamlar tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollaridan foydalanilgangan davrlarda ham yashashgan. Aynan o'sha paytlardan beri Tsalenjixa hududida g'arbiy gruzin qabilalari yashab kelmoqda.Ushbu hudud va daryo "Chelenjixa", "Tsendixa" Tsalenjixa nomlari bilan ko'rsatilgan.
X—XI asrlarda Tsalenjixa muhim aholi punkti boʻlib hisoblangan, buni esaTransfiguratsiya cherkovi kabi katta va muhim cherkovning aynan shu hududda joylashgani ham tasdiqlaydi. Shu vaqtdan boshlab Tsalenjixaning ahamiyati asta-sekin o'sib boshladi,shuningdek,XIII-XIV asrlarga kelib Tsalenjixa Dadianiyaning bosh qarorgohiga aylandi. Bu yerda ularning hashamatli saroylari, xazinalari va taxminlarga ko'ra, ajdodlar qabri ham bo'lgan. XIV asrda Odishaning eng muhim yeparxiyalaridan birini Tsalenjixaga ko'chirishi uning ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo'lgan. Yepiskop markazining Tsalenjixaga ko'chirilishi shahardagi keng ko'lamli qurilish ishlarining boshlanishiga , shuningdek, Tsalenjixa cherkovining XIV asrda Vamek Dadiani (1384-1396) davrida qayta ta'mirlanishiga olib keldi.
2001-yilda Lia qishlog'i Lia radiologik avariya joyi hisoblangan.
Tarixiy joylari right|thumb|285x285px| Kuakantsaliya roki right|thumb|285x285px| Tsalenjixa sobori
Tsalenjixa sobori Gamajissixe xarobalari Katsxara qal'asi Samikao g'ori Episkop cherkovi Jagiri qal'asi Muqaddas Barbara cherkovi Uluriya qal'asi "Mamukia minorasi" "Dilakirse" qal'asi Skuri qal'asi xarobalari Lesale qal'asi xarobalari Jgali konussimon minorasi Jgali shahridagi Aziz Nikolay cherkovi Xochdagi Muqaddas Xudoning Onasi cherkovi Omune qal'asi-minorasi
Siyosati Tsalenjixa shahar assambleyasi ( gruz. წალენჯიხის საკრებულო) — Tsalenjixa munitsipalitetidagi vakillik organi hisoblanadi. Kengash muntazam ravishda sessiyalarda yig'ilib, turli kodekslarga o'zgartirishlar kiritish, kommunal xizmatlar, soliqlar, shahar byudjeti, shahar hokimiyati nazorati va boshqa shu kabi masalalarni ko'rib chiqadi. Tsalenjixa Sakrebulo har to'rt yilda saylanadi. Oxirgi saylov 2021-yil oktyabr oyida bo'lib o'tdi.
Tsalenjixa shahri hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi qo‘lga kirita olmagan yettita munitsipalitetdan biri edi. Bir necha urinishlardan so'ng, muxolifat partiyalari UNM, For Georgia va Lelo Sakrebulo raislari kelishib oldilar, to'rt hafta o'tgach, qo'shni Chxorotsqu munitsipaliteti ham xuddi shunday muzokara yo'lini tanladi. PartiyaPartiyadagi o'rinlar soni Joriy shahar assambleyasi Gruziya orzusi 11 Birlashgan milliy harakat 11 Gruziya uchun 3 Lelo 1 Mustaqil * 1 * Jorjiya uchun ajratilgan
Mahalliy saylov natijalari
Munitsipal Assambleya
PartiyaPartiyalar ro'yxati Saylov okrugi Jami</br> o'rindiqlar +/– Ovozlar %O'rinlar Ovozlar % O'rindiqlar Birlashgan milliy harakat 5439 37,78 7 4 11 8 Gruziya orzusi 5008 34.79 7 4 11 13 Gruziya uchun 2730 18.96 3 1 4 Yangi Lelo 482 3.35 1 1 Yangi Yevropa Gruziyasi</br> 310 2.15 2 Patriotlar ittifoqi 107 0,74 1 Mehnat partiyasi 102 0,71 Aghmashenebeli strategiyasi 95 0,66 Yangi siyosiy markaz - Girchi 75 0,52 Yangi Boshqa partiyalar 47 0,36 Yaroqsiz/bo'sh ovozlar Jami 14 395 100 18 9 27 Ro'yxatga olingan saylovchilar/saylov ishtirokchilari 28 737 51.11 Manba: MSK
Mayor
Munitsipal Assambleya 2017-2021 PartiyaO'rinlar(30) Joriy shahar assambleyasi Gruziya orzusi 24 Birlashgan milliy harakat 3 Yevropa Gruziyasi 2 Patriotlar ittifoqi 1
Taniqli shaxslar
Meliton Kantariya (1920-1993) - Sovet Armiyasining gruzin serjanti, 1945-yil 30-aprelda Reyxstag tepasida Sovet bayrog'ini ko'targan. Terenti Graneli (1897-1934) - taniqli gruzin shoiri. Aneta Dadeshkeliani (1872-1922)-gruzin shoiri, pedagog va ijtimoiy islohotchi. Nikoloz Shengelaia (1903-1943) - sovet gruzin rejissyori. Leo Kiacheli (1884-1963) - gruzin yozuvchisi, qissa yozuvchisi va jurnalisti. Badri Kvaratsxeliya (1965-yilda tug'ilgan) – sobiq gruziyalik futbolchi. Givi Kvaratsxeliya (1979-yilda tug'ilgan) – gruziyalik nafaqadagi futbolchi. Georgi Tsurtsumiya (1980-yilda tug'ilgan)–yunon-rum kurashi boʻyicha erkaklar oʻrtasida 2004-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarida 120 kg vazn toifasida qatnashgan va kumush medalni qo'lga kiritgan. Xvicha Kvaratsxeliya (2001-yilda tug'ilgan) - gruziyalik professional futbolchi, Italiya A Seriyasining SSC Napoli va Gruziya terma jamoasida yarim himoyachisi sifatida faoliyat yuritadi.
Yana qarang
Gruziyadagi munitsipalitetlar ro'yxati (mamlakat)
Manbalar
Havolalar
Jorjiya tumanlari, Statoids.com