Nadar taxallusi bilan tanilgan Gaspard-Félix Tournachon 1820-yil 5-aprel da Fransiyada tugʻilgan. Nadarni fotografi, karikaturachi, jurnalist, yozuvchi va havo sharining muallifi sifatida bilishadi. 1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf hisoblanadi.
Nadarning fotoportretlari koʻplab milliy fotosuratlar toʻplamlarida saqlanadi. Uning oʻgʻli Pol Nadar (1856—1939) otasining vafotidan keyin studiyasini davom ettirgan.
Hayoti Gaspard-Félix Tournachon (Nadar) 1820-yil aprel oyi boshida Parijda matbaachi va kitob sotuvchisi oilasida tugʻilgan. Nadar tibbiyotni oʻrganishni boshlaydi, lekin otasining vafotidan keyin iqtisodiy inqirozlarga uchraganligi sababli oʻqishni tashlaydi
Nadar turli gazetalarda karikaturachi va yozuvchi sifatida ishlay boshlaydi. U Jerar de Nerval, Charlz Bodler va Teodor de Banvilning Parijdagi bohem guruhiga qoʻshiladi va she guruhda uning doʻstlari unga taxallus sifatida Nadarni tanlaydilar.. Uning asarlari birinchi marta 1848-yilda Le Charivari jurnalida nashr etilgan. 1849-yilda u La Revue Comique à l’Usage des Gens Sérieuxga asos solgan.
Nadar 1853-yilda karikaturachilikdan fotografiyaga oʻtgan va shu yili ilk fotosuratlaerini olgan. 1854yilda Sent-Lazar koʻchasi 113 da oʻzining shaxsiy fotostudiyasini ochgan. Nadar keng doiradagi shaxslarni suratga oldi: siyosatchilar (Gizot, Prudon), sahna aktyorlari (Sara Bernhardt, Paulus), yozuvchilar (Gyugo, Bodler, Sand, Nerval, Gotier, Dyuma), rassomlar (Korot, Delakrua, Millet) va musiqachilar. (Liszt, Rossini, Offenbax, Verdi, Berlioz) Nadar anʼanaviy dabdabali dekorativ chiroqlardan foydalanishni xohlamagan. U tabiiy kunduzgi yorugʻlikni afzal koʻrgan. 1886-yilda oʻgʻli Pol bilan u birinchi fotoreportajni amalga oshirgan.. Bu fotoreportaj Le Journal Illustré nashrida chop etilgan right|thumb| Gaspard-Félix Tournachon tomonidan uchirilgan Le Geant shari (Nadar), 1863-yil 1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf boʻldi. Shunday qilib, u oʻzining sharlari bilan havoda suratga tushgan, shuningdek, Parij katakombalarida birinchi boʻlib yer ostida suratga tushgan odam boʻlib, tarixda qoldi.. 1867-yilda u havo sayohatiga bagʻishlangan L’Aéronaute nomli birinchi jurnalni nashr etdi
Asarlari Umrining oxirlarida Nadar anekdotlar, ham uning fotosuratlari namunalari, shu jumladan taniqli ismlarning koʻplab portretlari bilan toʻldirilganAdam Begley, „The absurd life of Félix Nadar, French portraitist and human flight advocate“, The Guardian, 23 December 2015.. " Quand j'étais photographe " nomli asarini yaratdi va uni ingliz tiliga tarjima qilgan.
Fotogaleriyasi
Manbalar
Turkum:CS1 French-language sources (fr) Turkum:1910-yilda vafot etganlar Turkum:1820-yilda tugʻilganlar Turkum:Fotograflar