Yandex MChJ () — Rossiyada eng mashhur internet qidiruv tizimi hamda brauzer, veb qidiruv tizimi, bulutli hisoblash, onlayn xarita, onlayn taom buyurtma qilish, media stiming, onlayn xarid qilish kabi xizmatlarni oʻz ichiga oluvchi internet-portali.
Yandex qidiruv tizimi Rossiyadagi eng yirik qidiruv tizimi boʻlib, Rossiya bozor ulushining taxminan 72%ini, butun dunyo bozor ulushining esa 2,8%ini oʻz tashkil etadi.
Yandex Arkadiy Voloj tomonidan asos solingan va 1997-yilda oʻzining ilk mahsuloti - Yandex qidiruv tizimini ishga tushirdi. Rossiyadagi muhim ommaviy axborot vositalariga boʻlgan taʼsiri sababli kompaniya uzoq vaqtdan beri Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilinib kelmoqda. 2024-yil iyul oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan yuzaga kelgan xalqaro sanksiyalar tufayli kompaniyaga egalik qilgan Niderlandiyaning Nebius Group xolding kompaniyasi oʻz aktivlarini rossiyalik investorlar guruhiga chegirmali narxda, 5,3 milliard AQSh dollarga sotdi.
Yandex internetdagi maʼlumotlarni oʻzbek, rus, ukrain, qozoq, belarus, ingliz, olmon va fransuz tillarida topishga imkon beradi.
Yandex va Google veb-saytlarni reytingga kiritishda turli algoritmlardan foydalanadi, bu ularning maqsadli auditoriyasi, til muhitlari va so‘rovlar mosligini baholash yondashuvlaridagi farqlarga bog‘liq. Yandex rus tilining morfologiyasini hisobga olgan holda so‘rovlar semantik tahliliga katta e’tibor beradi, neyron tarmoqlar texnologiyalaridan keng foydalanadi (masalan, «Palekh» algoritmi hamda keyingi MatrixNet va CatBoost asosidagi versiyalar), shuningdek, foydalanuvchi xatti-harakatlarini — SERPda kliklanish darajasi va saytda qolish vaqtini ham hisobga oladi. Google esa sahifaning global sifat ko‘rsatkichlariga — domenning ishonchlilik darajasi (PageRank kabi algoritmlar orqali), mobil moslashuvchanlik, yuklanish tezligi va E-E-A-T (tajriba, mutaxassischilik, ishonchlilik, ekspertlik) prinsiplariga rioya qilishga e’tibor qaratadi. Bundan tashqari, Yandex rus tilida so‘zlashuvchi internet auditoriyasining mintaqaviy va mahalliy xususiyatlarini ko‘proq hisobga oladi, Google esa butun dunyo bo‘ylab qidiruv natijalarining universal hamda bir xil bo‘lishiga harakat qiladi.
Yandexning reklama kompaniyalari Koʻp yillar davomida Yandex deyarli mijoz va ijrochi sifatida ishlaydigan uchinchi tomon reklama agentliklarining xizmatlariga murojaat qilmadi. 2000-yillarning ikkinchi yarmida vaziyat oʻzgardi.
Dizayn Yandeksga asos solingan kunidan boshlab, kompaniya Artemiy Lebedev Studiyasi bilan hamkorlikda ishlashadi.
Servislari Informatsion qidiruvlar: Poisk – Qidiruv Katalog – Veb saytlarning tematik katalogi. Novosti – Kunnning asosiy yangiliklari. Yangiliklar ichida qidirish imkoni bor. Poisk po blogam i forumam – RSS – korinishiga ega boʻlgan resurslar ichida qidiruv hamda aktual soʻrovlarning reytingi. Market – Sotuv va xizmat takliflari boʻyicha qidiruv va modellar ichida tanlash. Slovari – Ensiklopedialar, maʼlumotnomalar, lugʻat-tarjimonlar. Kartinki – Tasvirlar (rasmlar) qidiruvi. Karti – Rossiya va Yevropa xaritalari, Rossiyaning katta shahari (har bir uyning aniqligi bilan), xarita ichida qidiruv. Adresa – Firmalarni va tashkilotlarni kontakt informaciyasi orqali qidiruv. Afisha – Kino, teatr, koncertlar, sport, klublar haqida informaciya. Pogoda – Ob-havo xabarlari. Teleprogramma – Tele-koʻrsatuvlar programmasi. Personallashtirilgan: Pochta – Elektron pochta. Pochta – Yangi veb-interfeysli elektron pochta, AJAX qoʻllangan. Spamooborona – Spamni filtirlash. Narod – Personal internet-sahifalari uchun bepul hosting. Dengi – Toʻlov sistemasi, Internetda tovar va hizmatlarni toʻlashga imkon beradi.
Ommaviy madaniyatda 2014-yilda Yandex yaralish tarixi haqida The Social Network filmiga oʻxshatib kino ishlangan.
Statistika
Yana qarang Yandex Market Yandex Music Yandex Tarjimon
Manbalar
Havolalar Portal va qidiruv sistemasining bosh sahifasi „Yandex“ning forumi Rasmiy qoʻllanma
Turkum:Informatika Turkum:Internet Turkum:Yandex