Rok Kronaveter (1986-yil 7-dekabrda tugʻilgan) — sloveniyalik futbolchi, Sloveniyaning PrvaLiga klubi NK Maribor jamoasida yarim himoyachi.

Klublardagi faoliyati Kronaveter oʻz futbolchilik faoliyatini oʻn yoshida ona shahrining „NK Železničar Maribor“ klubida boshlagan. 2003-yilning 16-martida, 16 yoshida Sloveniya Ikkinchi ligasi doirasidagi NK Jadran Hrpelje-Kozinaga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan. 2006-yilning yozida oliy divizion jamoasi Drava Ptujga qoʻshilib oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2010-yil yanvar oyida Rudar Velenje bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

2010-yil avgust oyida Kronaveter Energie Cottbus bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Biroq, uning shartnomasi 2012-yil iyun oyida bekor qilindi va koʻp oʻtmay Vengriyaning Győri ETO jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Győri bilan 2012—2013-yilgi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2014-yil sentabrida o‘zaro kelishuvga ko‘ra Győri ETOni tark etdi. Deyarli olti oy klubsiz qolganidan keyin 2015-yilning mart oyida Ruminiyaning FC Petrolul Ploiești jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

2015-yil iyun oyida Kronaveter Sloveniyaga qaytib keldi va NK Olimpija Ljubljana klubi bilan shartnoma imzoladi. „Olimpija“ bilan ikkita liga chempionligini qoʻlga kiritdi (2015—16 va 2017—18). 2015—2016-yilgi mavsumda 17 ta gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari ham boʻlgan. 2019-yil iyun oyida Kronaveter „Olimpija“ning azaliy raqibi „Maribor“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Mariborda 2019—2020-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi birinchi saralash bosqichida Valurga qarshi oʻyinda gol urdi.

Xalqaro faoliyati 2005—2007-yillarda Kronaveter Sloveniyaning 20 va 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarida oʻynagan va sakkizta oʻyinda bittadan gol urgan. 2016-yilning 30-mayida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (0:0) kattalar jamoasida debyut qilgan.

Kronaveter 2016-yil 8-oktabr kuni Slovakiya qarshi oʻyinda ham oʻzining debyut goli, ham jamoasining oʻyindagi yagona golini kiritdi (1:0).

Shaxsiy hayoti Rok Kronaveter Sloveniya (oʻsha paytda Yugoslaviyaning bir qismi) Maribor shahrida tugʻilgan. Otasi futbolchi, onasi esa gandbolchi edi. Akasi David ham sobiq futbolchi. Kronaveterning kumiri braziliyalik hujumchi Ronaldo edi.

2012-yilda Kronaveter koʻp yillardan beri ishqiy munosabatda boʻlgan sevgilisi Sandraga uylandi. Ularning ikki farzandi bor, qizi Adriana (2011-yilda tugʻilgan) va oʻgʻli Lukas (2013-yil tugʻilgan).

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubSeasonLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDiviziyaishtirokGollarishtirokGollarishtirokGollarishtirokGollarishtirokGollarishtirokGollarŽelezničar Maribor2002—2003Sloveniya ikkinchi ligasi15400———1542003—2004Sloveniya uchinchi ligasi231400———23142004—2005Sloveniya uchinchi ligasi181423———20172005—2006Sloveniya uchinchi ligasi32————32Jami5934230000006137Drava Ptuj2005—2006Sloveniya PrvaLigasi261010———27102006—2007Sloveniya PrvaLigasi27810———2882007—2008Sloveniya PrvaLigasi11110———1212008—2009Sloveniya PrvaLigasi28510——233182009—2010Sloveniya PrvaLigasi19421———215Jami111286100002311932Rudar Velenje2009—2010Sloveniya PrvaLigasi12320———1432010—2011Sloveniya PrvaLigasi3100———31Jami15420000000174Energie Cottbus2010—20112. Bundesliga14130———1712011—20122. Bundesliga17200———172Jami31330000000343Energie Cottbus II2011—2012Regionalliga60————60Győri ETO2012—2013Nemzeti Bajnokság I1956244——29112013—2014Nemzeti Bajnokság I152306210—2542014—2015Nemzeti Bajnokság I40000020—60Jami3879210630006015Petrolul Ploiești2014—2015Liga I12210———132Olimpija Ljubljana2015—2016Sloveniya PrvaLigasi301720———32172016—2017Sloveniya PrvaLigasi17410—00—1842017—2018Sloveniya PrvaLigasi22652—00—2782018—2019Sloveniya PrvaLigasi251733—71—3521Jami944411500710011250Maribor2019—2020Sloveniya PrvaLigasi281410—83—37172020—2021Sloveniya PrvaLigasi29710—10—3172021—2022Sloveniya PrvaLigasi25610—30—2962022—2023Sloveniya PrvaLigasi15310—80—243Jami973040002030012133Jami faoliyati463152381110630423543176

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarSloveniya 2016-yil 4 1 Jami 4 1

Ballar va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Sloveniyaning gollari soni, ballar ustuni Kronavterning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

+Rok Kronaveter tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2016-yil 8-oktyabr Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya 1—0 1—0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

Klub Győri ETO

Nemzeti Bajnokság I: 2012—2013 Szuperkupa: 2013

Olimpiya Lyublyana

Sloveniya PrvaLiga: 2015—2016, 2017—2018 Sloveniya kubogi: 2017—2018, 2018—2019

Maribor

Sloveniya PrvaLiga: 2021—2022

Individual

Sloveniya PrvaLiga toʻpurari: 2015—2016 Sloveniya PrvaLigasining eng yaxshi futbolchisi: 2015—2016 Sloveniya PrvaLigasining eng yaxshi oʻyinchisi: 2015—2016

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Sloveniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar