Włodzimierz Wojciech Smolarek (; 1957-yil 16-iyul — 2012-yil 7-mart) — polshalik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Smolarek oʻzining 20 yillik professional faoliyatining asosiy qismini Widzew Łódź va Utrecht jamoalarida oʻtkazdi. Widzew Łódźda 200 dan ortiq rasmiy oʻyinlarda maydonga tushdi. Erediviziyada 8 mavsum davomida 212 ta o‘yin o‘tkazib, 45 ta gol urdi.
Smolarek ikki jahon chempionatida Polshani himoya qilib, 60ta oʻyin oʻtkazdi.
Klublardagi faoliyati Aleksandrów Łódzki shahrida tugʻilgan Smolarek oʻz mamlakatida Widzew Łódź va Legia Warsaw klublarida toʻp surgan. Sobiq jamoa bilan 1981 va 1982-yillarda Ekstraklasa chempionligini hamda 1985-yilda Polsha kubogini qoʻlga kiritgan.
1986-yilda, 29 yoshida, Smolarek Bundesligada Eintracht Frankfurt jamoasiga qoʻshildi. Ikkinchi mavsumida Germaniya kubogini qoʻlga kiritdi va VfL Bochumga qarshi 1:0 hisobida gʻalabali oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. Oradan ikki yil oʻtib, 1988-yilda Feyenoordga oʻtdi. Gollandiyada 8 yili oʻtgach Utrecht klubidan nafaqaga chiqdi.
Xalqaro faoliyati Smolarek Polsha terma jamoasidagi debyutini 1980-yil 12-oktabrda Argentinada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:2) o‘tkazdi. Keyingi 12 yil ichida u yana 59 ta xalqaro musobaqada maydonga tushdi va ikkita FIFA Jahon Chempionatida ishtirok etdi: 1982-yilda Peruga qarshi birinchi guruh bosqichida (5:1) tarkibga kiritildi va gʻalabaga hissa qoʻshdi. Toʻrt yil oʻtib, oʻzining 50-uchrashuvda, Portugaliyaga qarshi guruh bosqichidagi bahsda yagona golni kiritdi (uning oʻn ikkinchi va oxirgi goli) yakunda 1/8 finaldan chiqishdi.
2009-yilning oktyabr oyida Smolarek Polsha futbol assotsiatsiyasi tomonidan milliy terma jamoaning yoshlar futbolini nazorat qilish uchun ishga qabul qilindi. right|thumb|290x290px| Polsha bayrogʻi ortida Smolarek
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarLegia Warsaw1977—1978Ekstraklasa3000-301978—1979Ekstraklasa15422-176Jami18422-206Widzew Łódź1978—1979Ekstraklasa40--401979—1980Ekstraklasa26920203091980—1981Ekstraklasa25620613371981—1982Ekstraklasa2810302233121982—1983Ekstraklasa2010105126111983—1984Ekstraklasa23821302891984—1985Ekstraklasa298624139111985—1986Ekstraklasa261021203011Jami1816118424522370Eintracht Frankfurt1986—1987Bundesliga30431-3351987—1988Bundesliga33962-3911Jami631393-7216Feyenoord1988—1989Eredivisie3110?2-31+121989—1990Eredivisie153?01016+3Jami4613?21047+15Utrecht1989—1990Eredivisie150--1501990—1991Eredivisie3211?1-32+121991—1992Eredivisie318?14335+121992—1993Eredivisie33923-35121993—1994Eredivisie30111-3121994—1995Eredivisie233?0-23+31995—1996Eredivisie20?0-2+0Jami16632?643173+41Polshada jami1996520624524376Niderlandiyada jami21245?853220+56Jami faoliyati47412332+17298535+148
Xalqaro
Polsha Yil Ishtirok Gollar 1980-yil 3 1 1981-yil 9 4 1982-yil 8 2 1983-yil 5 1 1984-yil 11 2 1985-yil 10 1 1986-yil 8 1 1987-yil 3 1 1988-yil 2 0 1989-yil 0 0 1990-yil 0 0 1991-yil 0 0 1992-yil 1 0 Jami 60 13
Xalqaro Gollar
Birinchi boʻlib Polsha hisobi, ball ustuni Smolarekning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 1980-yil 7-dekabr Empire Stadium, Gżira, Malta 1—0 2—0 1982-yilgi jahon chempionati saralashi 2. 1981-yil 10-oktyabr Zentrastadion, Leyptsig, Sharqiy GermaniyaGʻarbiy Germaniya 2—0 3—2 3. 3—1 3—2 4. 1981-yil 15-noyabr Olimpiya stadioni, Vrotslav, Polsha 2—0 6—0 5. 4—0 6—0 6. 1982-yil 22-iyun Estadio Riazor, A Korunya, Ispaniya 1—0 5—1 1982 FIFA Jahon chempionati 7. 1982-yil 8-sentyabr Olimpiya stadioni, Xelsinki, Finlandiya 1—0 3—2 Yevro-1984 saralashi 8. 1983-yil 17-aprel „10 Years“ stadioni, Varshava, Polsha 1—0 1—1 9. 1984-yil 17-oktyabr Munitsipal stadion, Zabrze, Polsha 1—1 3—1 1986-yilgi jahon chempionati saralashi 10. 1984-yil 31-oktyabr Munitsipal stadion, Mielec, Polsha 1—0 2—2 11. 1985-yil 19-may Olimpiya stadioni, Afina, Gretsiya 1—0 4—1 12. 1986-yil 7-iyun Estadio Universitario, San-Nikolas-de-los-Garsa, Meksika 1—0 1—0 1986 FIFA Jahon chempionati 13. 1987-yil 17-may Nepstadion, Budapesht, Vengriya 2—1 3—5 Yevro-1988 saralashi
Shaxsiy hayoti Smolarek Zdzislawaga uylangan, oʻgʻillari Ebi Smolarek va Mariush. Birinchisi „Feyenoord“ va Polsha sharafini himoya qilgan, Borussia Dortmundda uch yil davomida toʻp surgan
Smolarek 2012-yil 7-mart kuni 54 yoshida o‘z ona shahrida vafot etdi
Izohlar
Manbalar
Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar