Abdullatif Husayn Omidiy (XVI asrda yashagan) — Navoiy asarlarini ko‘chirgan xattotlardan biri hisoblanadi. Xususan, u 1537-yilda „Lison ut-tayr“ dostonini ko‘chirgan. Hozir bu qo‘lyozma Boku shahrida, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi qo‘lyozmalar institutida S310-raqami ostida saqlanadi. Hajmi 93 varaqdan iborat.
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik Turkum:Adabiyot Turkum:Xattotlar