Martin Tetsuya Kariya () (1981-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Martin Kariya sobiq NHL oʻyinchilari Paul Kariya va Steve Kariyaning eng kichik ukasidir.

Oʻyin faoliyati

Havaskor Martin Kariya 1999-yildan 2003-yilgacha Maine universiteti xokkey jamoasi safida faoliyat olib bordi. Maine universitetidagi toʻrt yillik faoliyati davomida Martin Kariya jamoa safida Frozen Four musobaqasida 2 marta maydonga tushdi. Martin Kariya Len Ceglarski sport ustaligi mukofotiga sazovor boʻldi.

Professional Martin Kariyaning kollejdagi ajoyib xokkey karyerasi AHL vakili „Portland Pirates“ xokkey klubining eʼtiborini tortdi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2002— 2003-yilgi pley-off mavsumida 'Portland Pirates" xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2003-yil 22-iyulda Martin Kariya 2003— 2004-yilgi mavsum uchun „New York Islanders“ xokkey klubining filiali „Bridgeport Sound Tigers“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzdi.

2004-yilgi NHL lokauti Martin Kariya Yaponiyaga, Osiyo xokkey ligasi vakili „Nikko IceBucks“ xokkey klubi safida oʻynash uchun joʻnab ketdi. Keyinchalik Martin Kariya Norvegiyaning Fredrikstad shahrida „Stjernen HC“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2006— 2007-yilgi mavsumda Finlandiya SM-ligasi vakili „Espoo Blues“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Martin Kariya Finlandiya ligasida 51 o‘yinda maydonga tushib, 61 ochko jamg‘ardi. Bu natija bilan Martin Kariya liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Yevropadagi katta muvaffaqiyatidan soʻng, Martin Kariya oʻzining birinchi NHL shartnomasini „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan 2007-yilning 1-iyunida imzoladi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2007-yil 1-oktyabrda klubning filiali „Peoria Rivermen“ xokkey jamoasi safiga yuborildi.

2009-yil 15-iyulda Martin Kariya KHL vakili "Dinamo Riga" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. 2009— 2010-yilgi mavsumda Martin Kariya klub safida 38 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ochko toʻpladi.

2010-yil 3-mayda Martin Kariya NLAga qaytib, „HC Ambri-Piotta“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Mukofotlar

2002— 2003 HE Len Ceglarski sport ustaligi mukofoti 2006— 2007 SM-Liiga Veli-Pekka Ketola kubogi

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1997— 1998Victoria SalsaBCHL5579166—————1998— 1999Victoria SalsaBCHL59258010514818941999— 2000University of MaineHE35817256—————2000— 2001University of MaineHE3912243610—————2001— 2002University of MaineHE4316284414—————2002— 2003University of MaineHE391436506—————2002— 2003Portland PiratesAHL—————300002003— 2004Bridgeport Sound TigersAHL708172516701122004— 2005Nikkō Ice BucksALH156121820—————2005— 2006Stjernen FredrikstadNOR3915375249113101382006— 2007BluesSM-l5118436158905542007— 2008Peoria RivermenAHL7116375329—————2008— 2009SCL TigersNLA5015435822—————2009— 2010Dinamo RigaKHL384182216932522010— 2011HC Ambrì-PiottaNLA38521268—————2011— 2012HC Ambrì-PiottaNLA1457122—————AHL jami14124547845100112KHL jami38418221693252

Manbalar

Havolalar

Martin Kariya faoliyat statistikasi Internet Hockey Database saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari