Vohid Oxunovich Kozimov (1927-yil, Qoʻqon – 2009-yil 15-aprel) – sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi Kozimov Vohid Oxunovich 1927-yil 2-iyunda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 1952-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

V.Kozimov 1949-yilda Toshkent shahridagi temir yoʻl muhandislari institutining Temir yoʻllardan foydalanish fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha – Temir yoʻl muhandisi.

Vohid Oxunovich 1949—1985-yillar mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan,

1949-yilda Toshkent temir yoʻllarining Gorchakovo stansiyasi navbatchisi; 1949—1950-yillarda Serovo stansiyasi (IV klass) (hozirgi Furqat stansiyasi) boshligʻi; 1950—1951-yillarda Namangan stansiyasi boshligʻi (III toifa); 1951—1952-yillarda Qoʻqon stansiyasi bosh muhandisi (I toifa); 1952—1953-yillar Margʻilon stansiyasi boshligʻi (II toifali); 1953—1956-yillarda Toshkent temir yoʻlining siyosiy boʻlimi instruktori -Injener-kapitan vazifasida ishlagan. 1956—1957-yillarda „Toshkent temir yoʻli“ DAK ekspluatatsiya va taqsimlash boshqarmasi boshligʻining katta yordamchisi; 1957—1958-yillarda Toshkent shahar yuk stansiyasi boshligʻi; 1958—1959-yillarda „Toshkent tovar“ stansiyasi boshligʻi (sinfdan tashqari stansiya); 1959—1962-yillarda Toshkent temir yoʻli siyosiy qismining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 1962—1963-yillarda – Toshkent temir yoʻlining Fargʻona filiali Qoʻqon shahar boshligʻi. III darajali Bosh direktori; 1963—1969-yillarda Qoʻqon shahar partiya qoʻmitasining birinchi kotibi; 1969—1972-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Transport va kommunikatsiyalar boʻlimi mudiri; 1972—1985-yillarda Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi; 1985—1987-yillarda Oʻzbekiston SSR Qurilish vazirligining „Orgtexstroy“ instituti bosh muhandisi; 1987—2001-yillarda Qurilish iqtisodiyotini tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari; 2001—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish qoʻmitasi huzuridagi Qurilish kompleksini isloh qilish va qurilishda narxlarni belgilash markazida Ilmiy maslahatchi lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Kozimov 2009-yilning 15-aprelida vafot etgan.

Vohid Oxunovich Kozimov shuningdek:

1963-yilda Fargʻona viloyat Kengashining 10-chaqiriq deputati; 1971-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 8-chaqiriq deputati, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining Transport va aloqa masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi; 1973 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod. XVIII partiya qurultoyi. 1975-yilda Oliy Kengash 9-chaqiriq deputati, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi. 1978 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Kompartiyasining IXX qurultoyi. 1980-yil Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati, Oliy Kengash 10-chaqiriq Prezidiumi aʼzosi. 1981-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. (Oʻzbekiston Kompartiyasining XX qurultoyi) etib saylangan.

Mukofotlari „Hurmat belgisi“ ordeni; „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni (3).

Unvonlari SSSR faxriy transport quruvchisi Shaxsiy nafaqaxoʻr

Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: „Murakkab hududiy komplekslarni boshqarish“.

Manbalar

Havolalar „Hayot mazmuni“ kitobi: Vohid Oxunovich Kazimov hayoti va ijodi haqida Kazimov Vohid Oxunovich. Afrikalik birodar: [Oh doʻstim. Toshkent va Tunis birodarlashgan shaharlari oʻrtasidagi munosabatlar. – „Pravda Vostoka“, 1978-yil, 25-iyun. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputatlari (toʻqqizinchi chaqiriq) Vohid Kazimov tavalludining 90 yilligi

Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchilari