William Beier (talaffuzi: Uilyam Bayer; 1982-yil 2-noyabr Manila, Filippin) — Filippinda tugʻilgan Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Singlisi Christina Beier bilan juftlikda konkida uchgan. Beier & Beier juftligi toʻrt karra (2005-2006, 2008, 2010) Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan.

Faoliyati Beierlar 1990-yilda Filippindan Germaniyaga koʻchib oʻtgan. Christina Beier toʻqqiz yoshida konkida uchishni boshlagan. William Bier ikki yil davomida yakka holda konkida uchgan va singlisi William Beier bilan muz ustida raqs bilan shugʻullangan. Ular 2005 — 2006 va 2008 — 2010-yillarda Germaniyaning milliy chempioni bo‘lgan.

Christina oyogʻidan jarohat olgani sabab, aka-singil Bierlar juftligi 2006 — 2007-yilgi mavsumda ishtirok etmadilar. 2008-yil fevral oyida jarohat tufayli ular 2008-yilgi Jahon chempionatini ham tark etishgan.

2008-yil may oyida Beierlar juftlikda birga uchmasliklarini va hamkorligini tugatishini eʼlon qilgan. Christina Beier Tim Giesen bilan juftlik hosil qilgan va 2008 — 2009-yilgi mavsumda u bilan musobaqalarda qatnasha boshlagan. Oʻsha mavsumdan soʻng, Christina yana William Bier bilan musobaqalarda chiqa boshlagan. Ular murabbiylari Albena Denkova va Maksim Staviski bilan ikki hafta mashgʻulot oʻtkazishgan, ammo William Beierning tizzalarida muammo borligi sabab, baʼzi musobaqalarda qatnashishmagan. Beierlar 2010-yilda konkida uchish faoliyatini yakunlaganini eʻlon qilgan.

Natijalari GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Christina Beier bilan XalqaroMusobaqa01-0202-0303-0404-0505-0607-0809-10Olimpiya18ㅤJahon chempionati20ㅤ13ㅤYevropa chempionati16ㅤ15ㅤ13ㅤ15ㅤ15ㅤ Bompard6ㅤBofrost Cup6ㅤFinlandia4ㅤIce Challenge3Karl Schäfer xotirasi3Nebelhorn32ㅤOndrej Nepela2ㅤXalqaro: OʻsmirlarOʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp.15ㅤ11ㅤ5ㅤEYOF2ㅤNationalGermaniya chemp.21ㅤ1ㅤ2ㅤ1ㅤ1ㅤ1ㅤ1ㅤ

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar