„Meni izlama“ — „Sahar“ oʻzbek rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yil eʼlon qilingan. Guruhning oʻsha yili eʼlon qilingan „Oʻsha sizmi?“ nomli albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Tarona 2000-yillarning birinchi yarmida Oʻzbekistonda hamda qoʻshni respubliklalarda eng keng ommalashgan xitlar safiga kiradi.

„Meni izlama“ pop-rok janrida boʻlib, mi minor tonalligida yozib olingan. Qoʻshiq soʻzini ham, musiqasini ham guruh solisti Anvar Joʻrayev yozgan.

Manbalar

Havolalar (konsert versiya)

Turkum:Sahar qoʻshiqlari Turkum:2001-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar