Emiliano Buendía Stati (; 1996-yil 25-dekabrda Argentinaning Mar del Plata shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, Angliyaning „Aston Villa“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Shaxsiy hayoti Emiliano Buendíaning ikki oʻgʻli bor — Tiago (2018-yil avgustda tugʻilgan) va Jovanni (2021-yil 16-martda tugʻilgan).

Klublardagi faoliyati Emiliano Buendía Ispaniyaning „Getafe“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Birinchi mavsumda Emiliano Buendía zaxira jamoasida oʻynagan. 2015-yilning 1-fevralida Emiliano Buendía La Ligadagi debyutini „Almería“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. 27-sentyabr kuni „Levante“ futbol klubiga qarshi bahsda Emiliano Buendía „Getafe“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.

2018-yildan 2021-yilgacha Emiliano Buendía Angliyaning „Norwich City“ futbol klubida oʻynagan. 2021-yil 29-aprelda Emiliano Buendía 15 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan mavsum yakunida futbolchi chempionatning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgan. Shuningdek, u „Norwich City“ futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

2021-yilning 10-iyunida Emiliano Buendía 33 million funt sterling evaziga „Aston Villa“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Emiliano Buendía Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Emiliano Buendía Panama, Avstriya va Gana jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Ganaliklarga qarshi kechgan bahsda Emiliano Buendía gol urgan.

2022-yil 2-fevralda Emiliano Buendía Argentinaning asosiy terma jamoasida debyut qilgan.

Statistikasi +JamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolGetafe B2013—201452———522014—2015265———2652015—201630———30Jami347———347Getafe2014—20156050——1102015—201617100——1812016—201712200——132Jami35350——403Cultural Leonesa (ijara)2017—201840621——427Norwich City2018—20193880030—4182019—20203612010—3912020—202139152000—4115Jami113244040—12124Aston Villa2021—20223541010—3742022—20231510020—171Jami5051030—545Umumiy faoliyatida27245121700029146

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:25-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar