Pauline Sara Jo Moyes (1969-yil 4 avgustda tugʻilgan), yozuvchi sifatida Jojo Moyes nomi bilan tanilgan, ingliz jurnalisti va 2002 -yildan beri koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan ishqiy romanlar muallifi, New York Timesda eng koʻp kitoblari sotilgan muallif hamda ssenariy muallifi hisoblanadi . U romantik romanchilar uyushmasi tomonidan ikki marta "Yilning romantik romani" mukofotini qoʻlga kiritgan kam sonli mualliflardan biri va uning asarlari 28 tilga tarjima qilingan va butun dunyo boʻylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Hayoti Jojo Moyes 1969-yilning 4-avgustida Meydstonda, Angliyada tug‘ilgan.
Universitetda oʻqishidan oldin, Moyes bir necha ishlarda ishlagan. U NatWestda koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosidagi soʻzlarni terish boʻyicha mashinist, Club 18-30 da risolalar muallifi va qisqa vaqt davomida minikab boshqaruvchisi boʻlgan. Moyes London universiteti Royal Hollowayda bakalavriatida tahsil olayotgan paytda Egham va Staines News gazetalarida ishlagan.
U Siti universitetida jurnalistika, shuningdek, London universitetining Royal Holloway va Bedford Nyu-kollejida tahsil olgan.
Moyes The Independent gazetasi tomonidan moliyalashtirilgan stipendiya yutib oldi, bu unga 1992-yilda Siti universitetida gazeta jurnalistikasi aspiranturasida qatnashish imkonini berdi. U keyingi 10 yil davomida The Independent gazetasida turli lavozimlarda ishladi, 1998-yilda yangiliklar muharriri yordamchisi hamda 2002-yilda gazetaning San'at va OAV muxbiri boʻldi.
Ijodi Yozuvchilik faoliyatining boshida Moyes uchta kitob yozgan, ular dastlab rad etilgan. Agar uning toʻrtinchi kitobi rad etilsa, u sa'y-harakatlarini toʻxtatishga va'da bergan. Toʻrtinchi kitobining dastlabki uchta bobini turli nashriyotlarga topshirgandan soʻng, huquqlar uchun kurash boshladi.
Moyesning nashriyoti Hodder & Stoughton 2012-yilda chop etilgan "Me Before You" romanini qabul qilmadi va Moyes uni Penguinga sotdi. U olti million nusxada sotilgan, toʻqqizta mamlakatda birinchi oʻrinni egalladi va bir vaqtning oʻzida uning uchta romani New York Times bestsellerlari roʻyxatiga kiritildi. Keyinroq Moyes 2015-yilda “ After you ” va 2018-yilda esa “Still me” kitobini yozdi.
2013-yilda Maykl X. Veber va Skott Noyshtedter “Me before you” nomli filmni yozish uchun yollanganini e’lon qildi. 2016-yilda “Me Before You” filmi suratga olingan va ssenariysi Moyes tomonidan yozilgan.
2018-yilda Moyes kattalar savodxonligini oshirish loyihasi bo‘lgan Quick Reads Initiative loyihasiga 120 ming funt sterling sarmoya kiritdi. Uning sarmoyasi dasturni yana uch yillik moliyalashtirish imkonini berdi.
Mukofotlar va yutuqlar
Moyesning kitoblari qirq olti tilga tarjima qilingan, oʻn ikki mamlakatda birinchi oʻrinni egallagan va dunyo boʻylab qirq milliondan ortiq nusxada sotilgan Yilning romantik romani mukofoti sovrindori (2004): "Foreign fruit" . Yilning romantik romani mukofoti sovrindori(2008): "Silver Bay" “Yilning eng yaxshi romantik romani” mukofoti sovrindori (2011): “The last letter from your lover”. Moyes ilk bor 2004-yilda “Foreign fruit” va 2011-yilda “The last letter from your love” uchun “Romantik romanchilar uyushmasi”ning “Yilning romantik romani” mukofotini qo‘lga kiritgan. U bu mukofotni ikki marta olgan kam sonli mualliflardan biridir. “Me Before You” 2016-yilda “Nyu-York Tayms”ning eng ko‘p sotilgan “Top o‘ntalik” ro‘yxatiga kirdi Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasi gʻolibi "Me before you", 2014. Eng yaxshi fantastika mukofoti sovrindori (2018): "Me before you". Yil kitobi gʻolibi (2007) mukofoti, "Silver Bay". asari uchun taqdirlangan. “Me Before You” kitobi Buyuk Britaniyaning Galaxy Book mukofotlari marosimida “Yil kitobi” nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi. "Me Before You" butun dunyo boʻylab 14 milliondan ortiq nusxada sotilgan. “Me Before You” filmiga mukofotlari: Sevimli dramatik film uchun “Xalq tanlovi” mukofoti sovrindori (2017); Eng yaxshi kassa filmlari uchun ASCAP mukofoti sovrindori (2017); Eng yaxshi romantika uchun Oltin treyler mukofoti sovrindori (2017) ni qoʻlga kiritgan.
Kitoblar
Yomgʻirdan boshpana - 2002-yil Chet el mevalari - 2003-yil Kelinlar kemasi - 2005-yil Otlar bilan raqs- 2009-yil Sevganingizning soʻnggi maktubi - 2011-yil Sen bilan uchrashuvdan oldin- 2012 Parijdagi asal oyi - 2013-yil Siz qoldirgan qiz - 2013-yil Kelinlar kema - 2014-yil Sizdan keyin - 2015-yil Bir kishi uchun Parij - 2016 Hali men - 2018-yil yanvar Yulduzlar sovgʻasi - 2019-yil oktyabr
Adabiy ta'sirlar Moyesning bolalikdagi sevimli kitobi Enid Bagnoldning "National Velvet" kitobi boʻlgan. U Kate Atkinsonning "Muzeydagi sahnalar orqasi" kitobini Moyesni yaxshiroq yozuvchi boʻlishga undagan kitob sifatida keltiradi va u Nora Efron, Marian Keyes, Liza Jewell, Jonatan Tropper kabi mualliflarning asarlaridan ilhomlangan.
Manba
Havolalar
Review of Silver Bay in The Times Biography and bibliography at Curtis Brown Literary Agency
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar