Guillermo Federico Molins Palmeiro (; 1988-yil 26-sentyabrda Urugvayda tugʻilgan) — Shvetsiyalik futbolchi, „Rusenborg“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Guillermo Molins „Malmö“ futbol klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-yilda „Allsvenskan“ jamoasida debyut qilgan. 10-aprel kuni Guillermo Molins oʻzining ilk golini „Elfsborg“ darvozasiga kiritgan. 2010- yilda Guillermo Molins „Malmö“ futbol klubiga Shvetsiya chempionatida gʻalaba qozonishga yordam bergan. 2011-yilda u Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. 18-mart kuni „Sint-Truiden“ futbol klubiga qarshi bahsda Guillermo Molins Jupil ligasida debyut qilgan. „Anderlecht“ tarkibida Guillermo Molins ikki marta Belgiya chempioni boʻlgan, lekin ikki yil ichida Guillermo Molins bor-yoʻgʻi yettita oʻyinda qatnashgan. 2013-yilda Guillermo Molins Ispaniyaning „Betis“ jamoasiga ijaraga berilgan. 27-yanvar kuni u La Ligada „Rayo Vallecan“o futbol klubiga qarshi debyut qilgan.
2016-yilning yozida Guillermo Molins Xitoyning „Guychjou Renxe“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil boshida Guillermo Molins „Panathinaikos“ futbol klubiga oʻtgan. 11-mart kuni „Iraklis“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Guillermo Molins Gretsiya Superligasida debyut qilgan. 23-aprel kuni poytaxtning „Atrómitos“ klubiga qarshi kechgan bahsda Guillermo Molins ilk golini urgan. 2018-yilda Guillermo Molins yana „Malmö“ futbol klubiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati 2010-yil 20-yanvarda Guillermo Molins Shvetsiya terma jamoasida Ummonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. 2014-yilning 21-yanvarida Guillermo Molins terma jamoadagi ilk golini Islandiyaga qarshi o‘yinda kiritgan.
Statistikasi JamoaMamlakatMavsumMalmö FF2006—2011R. S. C. Anderlecht2011—2013Real Betis Balompié (ijara)2013Malmö FF2013—2016Beijing Renhe2016Panathinaikos F. C.2017—2018Malmö FF2018—2020Sarpsborg 08 FF2020Rosenborg Ballklub2021Sarpsborg 08 FF2022
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar