Ryan Sproul () (1993-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Ryan Sproul hozir Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey jamoasida oʻynamoqda.

Oʻyin faoliyati Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 55-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

2012-yilning 25-martida Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi.

Shundan soʻng, Ryan Sproul „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safiga ikkita oddiy mavsum oʻyinlariga qoʻshildi va 2013-yil 20-aprelda „Lake Erie Monsters“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda AHLdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi.

2013-2014-yilgi mavsumda Ryan Sproul „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safida maydonga tushdi. Ushbu mavsumda Ryan Sproul klub safida 72 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol va 21 ta golga assistentlik qildi. Bu koʻrsatkichlar bilan Ryan Sproul jamoadagi eng koʻp gol urgan himoyachiga aylandi. 2014-yil 13-aprelda Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safida NHLdagi ilk uchrashuvini „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

2016-yilning 23-sentyabrida Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan yana ikki yillik shartnoma imzoladi. 2017-yil 3-oktyabrda Sproul klub tomonidan „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safiga yuborildi. 2017-yil 21-oktyabrda Ryan Sproul Matt Puempel evaziga „New York Rangers“ xokkey klubiga almashtirildi. Shundan soʻng, Ryan Sproul „New York Rangers“ xokkey klubining AHLdagi filiali „Hartford Wolf Pack“ xokkey klubiga yuborildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Xitoydagi faoliyati tufayli Ryan Sproul 2022-yil 28-yanvarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida Xitoy erkaklar milliy xokey terma jamoasi vakili sifatida ishtirok etdi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2009—2010Bramalea BluesOJHL70116—————2009—2010Vaughan VipersOJHL81120200002010—2011Vaughan VipersOJHL31234—————2010—2011Sault Ste. Marie GreyhoundsOHL6114193336—————2011—2012Sault Ste. Marie GreyhoundsOHL6123315453—————2012—2013Sault Ste. Marie GreyhoundsOHL5020466645623502012—2013Grand Rapids GriffinsAHL20002—————2013—2014Grand Rapids GriffinsAHL72112132491023542013—2014Detroit Red WingsNHL10000—————2014—2015Grand Rapids GriffinsAHL665192426500002015—2016Grand Rapids GriffinsAHL7512233522927982016—2017Detroit Red WingsNHL271676—————2017—2018Grand Rapids GriffinsAHL51342—————2017—2018Hartford Wolf PackAHL4410152528—————2017—2018New York RangersNHL161456—————2018—2019Toronto MarliesAHL10110—————2018—2019Laval RocketAHL111458—————2018—2019Hershey BearsAHL52914238931422019—2020Kunlun Red StarKHL41391220—————2020—2021Kunlun Red StarKHL479162518—————2021—2022Kunlun Red StarKHL486182424—————AHL jami32849100149145337111814NHL jami442101212—————KHL jami13618436162—————

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari