Filip Đuričić (talaffuzi: Filip Djurichich; 1992-yil 30-yanvarda tugʻilgan) – serbiyalik professional futbolchi. U Italiyaning Serie A vakili boʻlgan Sampdoria klubi va Serbiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Dastlabki faoliyati Đuričić 1905-yilda mahalliy Obrenovac jamoasida futbol oʻynashni boshlagan va undan keyin Srvena Zvezda Belgrad klubining yoshlar tizimiga qoʻshilgan. 2007-yilda u chet elga, Gretsiyaga koʻchib oʻtdi va bir yilni Olympiacos klubida oʻtkazdi. Olympiacosdan soʻng u tugʻilgan shahrining Radnički Obrenovac klubida uchinchi darajali Serbiya ligasida (2008—2009-yilgi mavsumda 15 ta oʻyin va 3 ta gol) oʻynagan. Đuričić 2010-yilning yanvarida Heerenveenga qoʻshilgan. U klub safidagi debyutini 20-fevral kuni Waalwijkka qarshi oʻyinda oʻtkazdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Benfica 2013-yilning 23-fevralida Đuričić terma jamoadagi hamkasbi Miralem Suleymaniy bilan birgalikda tibbiy koʻrikdan oʻtgani va Benfica bilan 2013-yilning yozidan boshlab amal qiladigan besh yillik shartnoma imzolaganligi tasdiqlandi; Portugaliya klubi uning xizmatlari uchun 6 million yevro sarfladi. Bir hafta oʻtgach, Benfica Đuričić imzolagan shartnomada uning transfer narxi 40 million yevro etib belgilangan maxsus band mavjudligini maʼlum qildi. Đuričić 2013-yilning 18-avgustida Benfica safidagi debyutini qildi va UEFA Chempionlar ligasi doirasida Anderlecht darvozasiga birinchi golini urdi.

Ijaralar Mavsum davomida kam foydalanilgan Đuričić 2014-yil 23-iyulda Mainz 05ga bir mavsumga ijaraga berildi, klub uni 12,5 million yevro evaziga doimiy oʻynash uchun safiga qoʻshib olish tanloviga ham ega edi. Đuričić Mainzda 2014-yil 15-avgustda DFB-Pokal doirasidagi Chemnitzer FCga qarshi oʻyinida debyut qilgan. 2015-yilning 2-fevralida u Premyer-liga vakili Southamptonga mavsum oxirigacha ijaraga berildi. 2016-yilning 25-yanvarida Đuričić iyungacha oʻynash uchun ijara asosida Belgiyaning Anderlecht klubiga oʻtdi.

Sampdoria Dastlab 2016-yil yozida 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha Sampdoriaga ijara asosida qoʻshilganidan soʻng, Đuričić 2017-yilning yanvarida klub bilan doimiy oʻyinchi sifatida shartnoma imzoladi. Uning Sampdoria bilan shartnomasi 2018-yilning yozida yakuniga yetdi.

Sassuolo 2018-yil iyun oyi oxirida Đuričić Sassuolo bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2019-yil oktyabr oyida uning oʻyinlari murabbiy Roberto De Zerbi qoʻl ostida yaxshilandi. Đuričić 2019-yil 20-oktyabrda Interga 4:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda va yana besh kundan keyin Hellas Veronaga qarshi oʻyinda (1:0) gol urdi.

Sampdoria safiga qaytish 2022-yilning 1-avgustida Đuričić ikki yillik shartnomani uzaytirish varianti bilan Sampdoriaga qaytdi.

Xalqaro faoliyati Đuričić 2012-yilning 29-fevralida Kiprga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Serbiya terma jamoasi safidagi debyutini qilgan. 2012-yil 11-sentyabrda 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi doirasidagi Uelsga qarshi mamlakatining kattalar terma jamoasi oʻyinida u birinchi golini kiritdi.

2022-yil noyabr oyida Đuričić Qatarda boʻlib oʻtadigan 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida qatnashadigan Serbiya terma jamoasi tarkibiga tanlangan. U guruh bosqichida Kamerun va Shveysariyaga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Faoliyat statistikasi

Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiKontinentalJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarRadnički Obrenovac2008—2009Serbiya ligasi153———153Heerenveen2009—2010Eredivisie9100—00912010—201124210——2522011—2012341053——39132012—201332711—423710Jami992074—4211026Benfica2013—2014Primeira Liga1103021612222015—20161000100020Jami120303161242Mainz 05 (ijara)2014—2015Bundesliga11010—00120Southampton (ijara)2014—2015Premyer-liga900000—90Anderlecht (ijara)2015—2016Belgiya Pro ligasi17100—30201Sampdoria2016—2017Serie A19020——2102017—20181010——20Jami20030——230Benevento (ijara)2017—2018Serie A15000——150Sassuolo2018—2019Serie A23220——2522019—202029510——3052020—202132510——3352021—202212200——122Jami961440——10014Sampdoria2022—2023Serie A15210——162Faoliyati jami309401943113334448

Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Serbiya 2012-yil 8 2 2013-yil 7 2 2014-yil 4 0 2015-yil 3 0 2016-yil 2 0 2017-yil 0 0 2018-yil 0 0 2019-yil 1 0 2020-yil 4 0 2021-yil 5 0 2022-yil 5 1 Jami 39 5

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Serbiyaning gollari roʻyxatini, ballar ustuni Đuričićning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.

+Filip Đuričić tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2012-yil 11-sentyabr Karadorde stadioni, Novi Sad, Serbiya 3-1 6-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2012-yil 14-noyabr Kybunpark, St. Gallen, Shveysariya 3-0 3-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 3 2013-yil 26-mart Karadorde stadioni, Novi Sad, Serbiya 1-0 2-0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2-0 5 2022-yil 18-noyabr Bahrayn milliy stadioni, Riffa, Bahrayn 4-1 5-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari Benfica

Primeira Liga: 2013—2014 Taça de Portugal: 2013—2014 Taça da Liga: 2013—2014

Manbalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari

Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari