right|thumb| Meiko Gʻarbiy koʻprigi Yaponiyaning Tokai mintaqasida joylashgan Aichi prefekturasining Ama tumanidagi qishloq. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shaharchadagi 1765 ta xonadonda 4609 nafar aholi istiqomat qiladiTobishima Village official statistics , aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 206 nafarni tashkil etadi. Qishloqning umumiy maydoni 22,42 kvadrat kilometr (8,66 mi²) ga teng.
Qishloqda Yaponiyadagi eng uzun nomga ega boʻlgan „Aichi-ken Ama-gun Tobishima-mura Ooaza-tobishima Shinden-aza Take-no-gou Yotare Minami-no-vari“ joy mavjud.
Geografiyasi Tobishima Aichi prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, sharqda Nagoya metropolisi va janubda Ise ko'rfazi bilan chegaradosh. Qishloqning katta qismi dengiz sathida yaqinida joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi Nagoya Yatomi Kanie
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTobishima population statistics, Tobishima aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida barqaror boʻlib kelgan.
Iqlimi Qishloq issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Tobishimada oʻrtacha yillik harorat 15,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1651 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,7 °C atrofida eng past harorati esa yanvarda, taxminan 4,6 °C boʻladiTobishima climate data.
Tarixi Tobishima yerlari Tokugava syogunatei tomonidan boshqarilgan va yana Meiji davrida qayta ishlab chiqilgan. Zamonaviy qishloq 1889-yil 1-oktyabrda Meiji davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan tashkil etilgan. Qishloq 1944-yil Tonankai zilzilasi va 1959-yilgi Isevan toʻfoni paytida jiddiy zarar koʻrgan. Natijada, 1962-yilda qishloqni boʻronlardan himoya qilish uchun sakkiz metr balandlikdagi dengiz devori qurilgan.
Iqtisodiyoti Tobishima qishloq xoʻjaligi va sanoat aralash iqtisodiyotiga asoslanadi. Nishi-Nagoya issiqlik elektr stansiyasi Tobishima shahrida joylashgan bo‘lib, qishloqning daromad manbai hisoblanadi.
Taʼlim tizimi Tobishimada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta umumiy boshlangʻich/oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻl
Tobishima yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas. Eng yaqin poyezd stansiyasi - qoʻshni Kanie shahrida joylashgan.
Magistral yoʻllar
link=|alt=E1A|24x24px Isevangan tezkor yoʻnalishi — Tobishima IC 25x25pxMei-Nikan tezkor Yoʻnalishi Milliy yoʻnalish 23 Milliy yoʻnalish 302
Qardosh shahar munosabatlari
— Rio Vista, California, AQSH 2007-yil 6-apreldan buyon Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Aichi prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Tobishima (Aichi)