Madaniyatning umumiy barbod bo‘lishi Boburiylar imperiyasining yo‘q bo‘lishi, umumiy iqtisodiy tushish va Hindistonni o‘z mustaqilligini asta-sekin yo‘qotishi bilan bog‘liqdir. Biroq bu davrda ham madaniyatning ba’zi bir sohalarida ma’lum yutuqlar mavujd bo‘lgan, yuqori badiiy asarlar yaratilgan. Biroq bu asosan, o‘rta asr davrida ishlab chiqilgan shakllarni mukammallashtirishdan iborat bo‘lgan. Masalan, adabiyotda avvalgidek, asosiy e’tibor she’riyatga qaratilgan, me’morchilik esa, umaman olganda, binolarning avvalgi uslubidan nusxa ko‘chirgan. Rassomchilik esa miniatyura bilan cheklangan. Biroq XIX asrning birinchi yarmida yangi hodisalar ham kuzatildi, ularni ma’lum darajada hindlar inglizlardan o‘zlashtirgan. Bu ayniqsa, adabiyotda namoyon bo‘ladi: turli hind tillarida yozilgan nasriy asarlar, zamonaviy mavzudagi xatlar to‘plami paydo bo‘ladi, bu davrgacha Hindistonga noma’lum bo‘lagn jurnalistika rivojlanadi. Shu bilan birga bularning barchasi inglizlarga taqlid qilish emas edi, chunki bunday asarlar zamonaviy hayotning mavzularida yozilgan bo‘lib, yangi uslubga muvofiq bo‘lgan tamoman yangi meksika ishlab chiqilgan.

Me’morchilikka kelsak, hindlar asosan, Boburiy Hindistoni davridagidek binolarni barpo etganlar, ba’zi hollarda ularni barpo etish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik yechimlarni takomillashtirganlar. Biroq bu davrda Hindistonda inglizlar tomonidan qurilgan tamoman boshqa turdagi binolar paydo bo‘ldi. Bu binolardan ba’zilari keyinchalik, XIX asrning ikkinchi yarmida alohida o‘ziga xos me’morchilikning ingliz-hind turining paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Solnomalar XVIII asrda eski namunalar bo‘yicha solnoma yozish davom etadi, bular qatoriga XVIII asrning qadrli solnomasi bo‘lgan «Sayyor ul-mutaaxerin» («Oxirgi hukumdorlarning biografiyalari»), 1780-yilga qadar hukumronlik qilgan hokimlar haqida hikoya qiladi, uni Dehlida buyuk Mo‘g‘ul saroyi va Bengaliyaning navablari saroylarida, Mirqosim yo‘q qilinganidan so‘ng kompaniyaga xizmatga kirgan G‘ulom Xusaynxon Tabatayi tomonidan yozilgan. Bunday solnomalarni Haydar Ali va Tipu sulton saroylarida Mirxusayn Alixon Karmoniy yozgan.

XVIII asrning 40-50 yillarida Gujarotning devoni, ya’ni moliyaviy muassasaning rahbari bo‘lgan Ali Muhammadxon tomonidan yozilgan Gujarot tarixi haqida hikoya qiluvchi «Mirat-i Axmadiy» («Axmad oynasi») asari juda ham qadrli, tarixiy asar hisoblanadi. Muallif bu yerda nafaqat ko‘plab farmon va boshqa hujjatlarni qo‘llagan, u o‘z asariga bergan ilovasida XVIII asrdagi Gojarotning qomusiy tasvirini bergan, bu yerda u Gujarotning bino, hunar, e’tiborga loyiq joylarini tasvirlab, mashhur shaxslarning qisqa tarjimai hollarini keltirgan. Tarixiy manbalarning yuqori darajadagi bilimi asosida juda ham keng qamrovli biografik asar «Maasar ul-umara» («Amirlarning harakatlari») yaratilgan, uning muallifi shox Nafasxon dastlab Asaf Jaxuga xizmat qilgan, keyin esa Nosir Jangga va 1758-yilda fransuzlarga qarshi chiqqanida ular tomonidan o‘ldirilgan. Bu asarda XVI-XVIII asr davridagi Mo‘g‘ul Hindistonining 700 ta zodagon insonlarining hayotiy yo‘li bayon etilgan. Bu asar juda ham qadrli tarixiy manba bo‘lib, ko‘p muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Shunday qilib, XVIII asrda ham mo‘g‘ul tarixiy ilmining eng yaxshi an’analari davom etgan. XIX asrda solnoma tuzish aslida yo‘q bo‘lib ketadi, chunki bu asarlarga haq to‘laydigan nufuzli odamlar yo‘q bo‘lib ketadi.

Texnik fanlar Texnik fanlardan faqatgina astronomiya rivojlangan, bu sohada juda ko‘p ishlarni Jaypurning knyazi Jay Singx (?—1743) bajargan.

U qadimiy yunonlar, arab va portugal astronomiyasining yutuqlari bilan tanishib chiqqan va Djaypur (marmardan), Dehli (qizil toshdan), Matxure, Udjayne i Varanasida ulkan rasadxonalar bunyod qilgan.

XVIII asr hamda XIX asrning birinchi yarmida Hindistonning turli adabiy tillarining takomillashuvi kuzatildi, ammo mavzu va syujetlar odatda an’anaviy bo‘lib qoldi. XIX asrning boshida jurnalistika paydo bo‘ladi, Hindistondagi butun adabiyot har xillarda rivojlanganligi sabab biz Hindistonning asosiy tillardagi adabiyotni o‘rganib chiqamiz.

Adabiyot Urdu tilidagi she’riyat an’anaviy edi, chunki shoirlar asosan saroyda xizmat qilganlar. Masalan, Sauda (Mirza Muhammad Rofi, 1713—1781) astlab buyuk Mo‘g‘ul saroyida xizmat qilgan bo‘lsa, Dehli Nodir shox tomonidan yo‘q qilinganidan so‘ng navab Auda saroyiga Lakxnauga qochgan. Sauda hajvchi bo‘lgan, ammo o‘z raqiblarini keskin tanqid qilganda u aslida hnid feodal jamiyatining barbod bo‘lishini an’anaviy, ma’naviy qoidalar buzilishi, poraxo‘rlik tobora o‘sishi, saroydagi qulay lavozimlar uchun kurash qanday olib borilishini ko‘rsatib berdi. Uning zamondoshi bo‘lgan Mir Taki Mir (1725—1810) lirik bo‘lgan va o‘zining haqiqiy xissiyotlarga to‘la –azallarida nufuz va foydadan kelib chiqib boshqaga erga berilgan ayolga bo‘lgan baxtsiz muhabbati haqida kuylagan, shu bilan bir paytda u o‘ziga zamondosh bo‘lgan Dehli jamiyatida yorqin namoyon bo‘layotgan har qanday zolim va zulumga qarshi norozilik bildirgan.

Urdu tilida ijod qiladigan boshqa shoirlardan farqli ravishda, Nazir Akbarabadi (1740—1830) biron-bir saroyda yashashdan voz kechib, Agrada o‘qituvchi bo‘lib qoldi. U aholining har xil qatlamida muloqotda bo‘lib, musulmon, hinduist va sikxlarning diniy bayramlarida ishtirok etgan va biroq qo‘pol bo‘lsada, ammo juda to‘yingan xalq tilida oddiy insonlar hayoti haqida yozgan.

Biroq, o‘sha davrning urdu tilidagi eng yirik yozuvchisi deb Mirzo Tolibni (1796—1869) hisoblashadi. O‘z g‘azallarida xissiyot va murakkab o‘ylarini tasvirlagan shoir tilga yangi so‘z va iboralarni kiritish yo‘li bilan urdu tilining ma’lum darajadagi rivojlan maganligini bartaraf etishga harakat qilgan, bu so‘z va iboralarning qismi urdu tilida uyg‘unlashib boyitgan. O‘z xatlarini nashr etib, u urdu tilidagi nasrga asos soldi, og‘zaki tilni adabiyotga kiritdi. G‘olib Mo‘g‘ul jamiyati barbod bo‘lishi haqida qayg‘urgan bo‘lsada, u buyuk mo‘g‘ul saroyida yashab, 1857-1859 yildagi hali isyonida ishtirok etmadi.

Urdu tilidagi nasrning rivojiga Kalkuttada yanada muhim va katta turtki berildi, bu yerda inglizlar o‘z chinovniklarini mahalliy tilga o‘qitish maqsadida maxsus Fort Vilyam kollejini ochdilar va hindlarni urdu tilidagi turli o‘quv matnlarni yaratishga jalb etdilar. hindlar tayyor materialni topa olmay, o‘zlari ushbu matnlarni yaratdilar. Ular o‘zlariga zamondosh bo‘lgan urdu tilida har xil o‘rta asr dostonlarini yozdilar va shu orqali urduning adabiy nasriy tilini yaratdilar. Bu kollej tipografiyasida 50 ga yaqin urdu tilidagi kitoblar nashr etildi, ular orasida Axmad shoh Durroniy bostirib kelganidan so‘ng Kalkuttaga ko‘chib o‘tgan Dehlining sobiq jigardori Mir Omonning «Bog‘u bahor» hikoyalar to‘plami juda ham mashhur edi.

XVIII asrda maradxi tilida ko‘plab qahramanona pavada qo‘shiqlari paydo bo‘ldi, ularda Shivadji advridan boshlab, Maxarashtra tarixi qayta kuylangan. O‘sha davrning eng mashhur shoirlari Ram Joshi (1758—1812) va Anand Pxando (1744—1819)lar bo‘lgan. O‘sha davrda maradx nasrining rivoji, birinchi navbatda, publisistikaning rivoji yangilik edi.

Maradx adabiy tilining rivojlanishi uchun yuqorida nomi zikr etilgan Bol SHastri Jambxekar katta xissasini qo‘shdi, u maradxi tilida ijod qilgan va ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan asarlarini o‘zi 1832-yilda asos solgan inglizcha maradx jurnali «Bombey darpan» («Bombey oynasi»)da yozgan, 1843-yilda «Hind jamiyati o‘tmishda va hozirgi davrda» deb nomlangan kitobni nashr etgan Rama Krishna Vishvanadx, 1840-yilda asos solingan «Prabxakar» («Quyosh») jurnalida 1848-1850 yillarda keyinchalik «Shatapatriy» («Xatlarning asri») nomi ostida alohida kitob shaklida nashr etilgan maqolalar seriyasini yozgan Lokxitavadi ham o‘z xissalarini qo‘shishgan. Bu barcha asarlarda yozuvchilar hozirgi davrga qadar maradx adabiyotida qo‘li tegilmagan mavzularda ijod qilib, yangi tushuncha va atamalarni kiritganlar. Buning natijasida maradxi tili o‘sha davrda Hindistonning eng rivojlangan adabiy tiliga aylandi. XIX asrning ilk 10 yilliklarida adabiy maradx tilining grammatik va leksik tuzumini o‘rganish bo‘yicha katta ilmiy ish amalga oshirildi. O‘sha davrning eng mashhur maradx filologlaridan biri bu Dadoba Pandurang (1814—1882) edi.

XVIII asrda Bengaliyada o‘rta asr she’riy janrlarning rivojlanishi davom etdi, adabiyotning syujet va shakllari an’anaviy bo‘lib qolgan bo‘lsada, tili rivojlandi, she’riyatning tasviriy vositalari mukammal lashdi, qiyoslar an’anaviylardan yiroqlashib hayotiy bo‘ldi, xarakterlar esa haqiqiy xarakterlarga yaqinlashdi. O‘sha davrning eng yirik shoirlari Ramproshod Shena (1718—1775) va Bxorotchondro Ray (1712—1760) Nandiya hukumdori bo‘lgan bengal feodalining saroyida yashaganlar. Broxochondra Ray ikki sevishganlar haqida «Bidda va SHundoriy» nomli poema yozgan. Mazkur asar Gerasim Lebedev (1749—1817) tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.

Yangi turdagi birinchi Bengal yozuvchisi yuqorida nomi zikr qilingan Ram Moxay Ray, u bengal nasrini rivojlantirdi, «Shombod Koumudi» oynomasini asosladi va shu oynomada turli ijtimoiy mavzularga yozgan maqolalarini e’lon qildi. Bundan tashqari u hinduizmning bid’at va qoloq marosimlari bilan kurash olib borish tarafdori edi. Ram Moxan Ray bengal nasrining gullab-yashnashiga asos soldi, bu davr XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

Janubiy hind adabiyotlari ichida tamil adabiyoti eng rivojlangan edi. Bu adabiyotda sanskrit asarlariga izoh berishning o‘rta asr an’anasi davom ettirilgan edi. Biroq XVIII asrdayoq, avval bo‘lganidek, izohlanayotgan matnga o‘z fikr va tushunchasini qo‘shmaslik an’anasi paydo bo‘ldi, bunda maqsad mazkur matn yordamida Hindistonning tarixiy o‘tmishini ba’zida ideal ko‘rinishda tiklash edi. Qadimgi Hindistonning shonshuhratli asrlari haqidagi xotira XVIII va XIX asrning boshidagi tamilliklar uchun milliy mustahkamlanishning vositasi edi.

XVIII asr birinchi choragida tamil nasrining rivojlanishida Virama Muni taxallusi ostida ijod qilgan italiyak missioner Konstansius Besxi (1680—1746) katta rol o‘ynadi, u xristian mavzularida bir qator asarlarni yaratdi, ammo asarlari ichida eng mashhuri bu og‘zaki tamil tilida yozilgan «Sodda guruning sarguzashtlari» deb nomlangan ertaklar to‘plami edi.

XVII asrning birinchi yarmida ijod qilgan tamil shoiri Tayyumanavara bxakti yo‘nalishi tarafdori bo‘lgan, ammo Shiva unda barcha xalq va dinlarning mavhum ilohi sifatida tasvirlangan. Boshqa bxaktilar kabi, Tayyumanavara shu tarzda insonlar tengligi g‘oyasini aks etishga intilgan. Xuddi shunday g‘oyani XIX asrning birinchi yarmida Sunadaram Pillai o‘zining poemalarida, keyinchalik esa Ramalinga Svami (1823—1874) rivojlantirgan, uning tili og‘zaki tilga yaqinlashgan. Ramalisha Svami hikoyalar ham yozgan, tamil nasrna visligi rivojlanishiga salmoqli xissa qo‘shgan. O‘sha davrning yirik nasriy yozuvchisi Arumuga Navelar (1822—1874) hisoblangan, biroq tamil romannavisligi XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan.

San'at XVIII asrda dramatik san’at pasayishni boshidan kechirdi, pesalar aslida postanovka uchun emas, balki og‘zaki o‘qish uchun yozilgan edi. Qadimi hind eposi syujetlariga qo‘yilgan xalq tomoshalari yarmarkalarda tashkillashtirilar edi, biroq bularning barchasi an’analarni faqatgina qaytarish edi.

1757-yilda Kalkuttada kompaniyada inglizlar uchun teatr tashkillashtirildi, biroq hindlar bu teatrga bormas edilar, chunki u yerdagi pesalar ular uchun tushunarsiz mavzuda bo‘lib, undan tashqari hindlarning juda kichik soni harakatni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lish darajasida ingliz tilini bilar edilar.