Joseph Anthonius John van den Brom (; 1966-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi va Ekstraklasaning Lech Poznan jamoasi murabbiyi. Futbolchi sifatida Vitesse, Ajax, De Graafschap va İstanbulspor klublarida oʻynagan. Futbolchilikni tugatib murabbiy boʻldi. AGOVV Apeldoorn (2007—2010), ADO Den Haag (2010—2011), Vitesse (2011—2012) va Anderlecht (2012—2014) klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. AZda besh yil murabbiylik qilib, 2019—2020-yilgi mavsumdan boshlab „Utrecht“ klubi murabbiyi boʻldi.

Faoliyati

Klublardagi faoliyati Niderlandiyaning Amersfoort shahrida tugʻilgan Van den Brom oʻz faoliyatini 1986-yilda Amersfortdagi APWCning havaskor jamoasida boshlagan. „Vitess“ bilan yetti mavsumda 225 oʻyin oʻtkazdi va 80 gol urdi. 1993-yilda Gollandiya grandi Ajaxga oʻtdi. Undan keyin ikki mavsum davomida Turkiyaning İstanbulspor jamoasi bilan oʻynadi. Bir mavsumdan soʻng Vitessga qaytdi va besh mavsumini oʻtkazdi. 2003-yilda, De Graafschapda faoliyatini yakunladi.

Xalqaro faoliyati Van den Brom Gollandiya terma jamoasida ikkita oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urganJohn van den Brom. Voetbalstats.nl Retrieved on 28 November 2016.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatidan soʻng jamoasi Bennekomning bosh murabbiyi boʻldi. 2004-yil 29-aprelda „Ajax“ning ikkinchi jamoasi murabbiyi boʻldi. 2007-yildan 2010-yilgacha Eerste Divisie klubi AGOVV Apeldoorn bosh murabbiyi boʻlib ishlagan. 2010-yil may oyida Eredivizion klubi ADO Den Haagnga oʻtdi va klub bilan 2011—2012-yilgi Yevropa Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga erishdi. 2011-yil iyun oyida Van den Brom sobiq klubi Vitess bosh murabbiyi etib tayinlandi.

2012-yilning 29-mayida Belgiyaning Anderlecht klubi bilan bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladi. 2014-yil 10-martda ishdan boʻshatildi.

2014-yil 27-sentabrda Van den Brom AZ bilan shartnoma tuzganligi maʼlum bo‘ldiVan den Brom nieuwe trainer AZ (Dutch). AZda besh yil faoliyat koʻrsatganidan soʻng, 2019—2020-yilgi mavsumdan boshlab Utrecht klubida faoliyatini davom ettirdi.

2020-yil noyabr oyida Belgiya birinchi divizioni Genk jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2021-yil 6 dekabrda ishdan boʻshatildi.

2022-yil 31-mart kuni van den Brom Saudiya Arabistoni Professional Ligasi Al-Tavun klubi bosh murabbiyi etib eʼlon qilindi.

2022-yil 19-iyunda Polsha Ekstraklasa chempioni Lech Poznan murabbiyi boʻldi.

Faoliyati statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar Klub Mavsum Liga Ishtirok Gollar Vitesse 1986—1987 Erste divizioni 36 17 1987—1988 Erste divizioni 25 10 1988—1989 Erste divizioni 36 6 1989—1990 Eredivizion 33 14 1990—1991 Eredivizion 33 8 1991—1992 Eredivizion 32 10 1992—1993 Eredivizion 30 15 Ajax 1993—1994 Eredivizion 27 2 1994—1995 Eredivizion 17 5 Istanbulspor 1995—1996 1. Liga 22 3 Vitesse 1996—1997 Eredivizion 28 5 1997—1998 Eredivizion 15 1 1998—1999 Eredivizion 26 1 1999—2000 Eredivizion 24 6 2000—2001 Eredivizion 6 0 De Graafschap 2000—2001 Eredivizion 16 2 2001—2002 Eredivizion 23 2 2002—2003 Eredivizion 3 0 Jami 432 107

Murabbiylik faoliyati

JamoaBoshlashTugatishNatijaOʻGʻDMGʻalaba %AGOVV Apeldoorn1.07.200730.06.2010120452253037.50Den Haag1.07.201029.06.20114020713050.00Vitesse1.07.201130.05.20124220913047.62Anderlecht30.05.20129.04.201498541826055.10AZ Alkmaar29.09.201430.06.20192161164159053.70Utrecht1.07.20199.11.20204020911050.00Genk9.11.20206.12.202165301322046.15Al-Taawoun31.03.20227.05.20227214028.57Lech Poznań19.06.2022Hozirgacha321499043.75Jami660321129210048.64

Yutuqlari

Futbolchi sifatida Vitesse

Eerste diviziyasi: 1988—1989

Ajax

Eredivizion: 1993—1994, 1994—1995 Gollandiya Superkubogi: 1993, 1994 UEFA Chempionlar Ligasi: 1994—1995

Murabbiy sifatida Anderlecht

Belgiya Pro ligasi: 2012—2013 Belgiya Superkubogi: 2012, 2013

Genk

Belgiya kubogi: 2020-21

Manbalar

Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar