Mike Yeo () (1973-yil 31-iyulda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi va murabbiy. Mike Yeo hozirda "Vancouver Canucks" jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlamoqda. Mike Yeo Milliy xokkey ligasining (NHL) „Minnesota Wild“ va „St. Louis Blues“ xokkey jamoalarining sobiq bosh murabbiyi edi. Mike Yeo, shuningdek, „Philadelphia Flyers“ va „Pittsburgh Penguins“ klublarida yordamchi murabbiy va Amerika xokkey ligasining „Houston Aeros“ klubi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.

Faoliyati Mike Yeo „Houston Aeros“ xokkey klubi bilan Xalqaro xokkey ligasida (IHL) besh mavsumni oʻtkazdi. 1998—1999-yillarda Mike Yeo jamoaga Turner kubogi chempionatida sardorlik qildi.

2010-yil 16-iyunda Mike Yeo Amerika xokkey ligasining (AHL) „Houston Aeros“ xokkey klubi safiga bosh murabbiy sifatida qoʻshildi. Mike Yeo ishga olinishidan oldingi mavsumda „Houston Aeros“ klubi Gʻarbiy divizionda past natijalar bilan oxirgi oʻrinda borayotgan edi. Biroq, Mike Yeo kelganidan soʻng, u klub safiga Robbie Earl, Patrick OʻSullivan va Jed Ortmeyer kabi bir nechta hujumkor oʻyinchilarni qoʻshdi. Yeo qoʻl ostida, qayta tiklangan roʻyxat sezilarli darajada yaxshilandi. Mike Yeo klub bilan birga birinchi yilida AHL Calder kubogi finaliga chiqdi.

2016-yil 13-iyunda Mike Yeo „St. Louis Blues“ xokkey klubi murabbiyi sifatida ish boshladi. Mike Yeo 2016—2017-yilgi mavsumda yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan va 2017—2018-yilgi mavsumda bosh murabbiy lavozimini egallashi kerak ediRusso, Michael (June 13, 2016). „Mike Yeo will be St. Louis Blues head coach, but not until 2017—2018 season“. StarTribune.com. Retrieved August 5, 2016..

2018-yil 19-noyabrda Mike Yeo „St. Louis Blues“ xokkey klubini tark etdi.

2019-yil 6-may kuni "Philadelphia Flyers" klubi Yeo Alain Vigneault qo‘l ostida yordamchi murabbiy lavozimini egallashini eʼlon qildi. 2021-yil 6-dekabrda Vigneault ishdan bo‘shatilgach, Mike Yeo „Flyers“ klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Keyin Mike Yeo „Philadelphia Flyers“ klubi tomonidan 2022-yilning 3-mayida, 2021—2022-yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, ishdan bo‘shatildi.

2022-yil 1-iyulda Yeo Bruce Boudreau qo‘l ostida „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida ishga qabul qilindi.

Shaxsiy hayoti Yeo va uning rafiqasi Tanyaning Braeden ismli qizi va Kyler ismli o‘g‘li bor. Mike Yeo Widdifield oʻrta maktabida oʻqigan.

Oʻyinchining faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1990—1991Sudbury WolvesOHL5872973400051991—1992Sudbury WolvesOHL435813601121321992—1993Sudbury WolvesOHL24851347300051993—1994Sudbury WolvesOHL653432665310841241994—1995Houston AerosIHL63512171001995—1996Houston AerosIHL691416301131996—1997Houston AerosIHL561011211051323521997—1998Houston AerosIHL72202141128301121998—1999Houston AerosIHL57612181009044111999—2000Wilkes-Barre/Scranton PenguinsAHL191344OHL jami1905447101233281051516IHL jami317557212751125281015AHL jami191344-----

NHL murabbiylik natijalari YilMuntazam mavsumMavsumdan keyinOʻyinGʻalabaMagʻlubiyatOchkoPenaltiNatijaGʻalabaMagʻlubiyatNatija2011—201282353611814-oʻrin——Ishtirok etmadi2012—2013†4826193552-oʻrin141-uchrashuvda magʻlub boʻldi2013—201482432712984-oʻrin672-uchrashuvda magʻlub boʻldi2014—201582462881004-oʻrin462-uchrashuvda magʻlub boʻldi2015—201655232210(56)(ishdan boʻshatilgan)———MIN jami34917313244390 1117 2016—2017322282(46)3-oʻrin652-uchrashuvda magʻlub boʻldi2017—20188244326945-oʻrin——Ishtirok etmadi2018—201919793(17)(ishdan boʻshatilgan)———STL jami133734911157 65 2021—20226017367(41)8-oʻrin——Ishtirok etmadiJami48224618155547 1722 

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari