Isabelle Delobel (talaffuzi: Izabel Delobel; 1978-yil 17-iyunda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan fransuz sobiq muz raqqosasi. Sherigi Olivier Schoenfelder bilan birga 2008-yilgi Jahon chempionatining gʻolibi, 2007-yilgi yevropa chempioni va 2008-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan.

Delobel va Schoenfelder juftligi yigirma yil davomida birga konkida uchib, 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlaridan soʻng figurali uchishdan isteʼfoga chiqqan.

Faoliyati left|thumb| Isabelle Delobel va Olivier Schoenfelder 2008 — 2009-yilgi Gran-pri finalida Delobel 1978-yil 17-iyunda Clermon-Ferrand shahrida tugʻilgan. U olti yoshida konkida uchishni boshlagan va yakka holda 1 yil konkida uchgan va muz ustida raqs faoliyatiga oʻtib ketgan. Delobel akasi Loran bilan uch yil konkida uchgan.

Delobel va Schoenfelder 1990-yilda Irina Moiseyeva va Andrey Minenkov taklifiga koʻra murabbiy Lidi Bontemps tomonidan birlashtirilgan. Juftlik 1996 — 1997-yilgi mavsum oldidan kattalar darajasiga oʻtishdan oldin 1996-yilgi oʻsmirlar Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 1999 Skate Canada musobaqasida birinchi bor Gran-pri bosqichi medalini qoʻlga kiritdilar. Faoliyatining boshida juftlikka Fransiyaning Lion shahrida Muriel Boucher-Zazui murabbiylik qilgan. Tatyana Tarasova va Nikolay Morozov 1998 — 2002-yillarda ularning xoreograflari boʻlgan va juftlik 2000 — 2002-yillarda Konnektikut shtatining Newington shahrida mashgʻulotlar oʻtkazgan.

Juftlik 2002 — 2003-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Delobel va Schoenfelder 2005 — 2006-yilgi mavsumda xoreograf Pasquale Camerlengo bilan ishlagan.

Delobel va Schoenfelder juftligi 2006-yilgi Olimpiadada ishtirok etgan va 4-oʻrinni egallab, bronza medali sohiblaridan ikki ochko ortda qolgan.

Delobel va Schoenfelder jufligi 2007-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik ular 2008-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqishgan. Juftlik musobaqaning original va majburiy raqs namoyishlarida birinchi oʻrinni egallab, erkin raqsda ikkinchidan joy olishgan.

Shaxsiy hayoti Delobelning egizak singlisi Véronique Delobel ham Fransiya milliy chempionatlarida va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashgan.

Delobel 2009-yil iyun oyida Nordic jamoasi tarkibida 1998-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori Lyudovic Rouxga turmushga chiqqan.

Dasturlari (Schoenfelder bilan) MavsumOriginal raqsErkin raqs2009 — 2010 French waltz: La Complainte de la butte French cancan: Jacques Offenbach La quête (Jacques Brel and Karl Hugo)2008 — 2009 Boogie Woogie Bugle Boy (The Andrews Sisters) The Great Gig in the Sky (Pink Floyd)2007 — 2008 Breton Gavotte:Replique (Djal) The Piano (Michael Nyman)2006 — 2007 Tango Volver (Maxime Rodriguez) The Untouchables (film) (Ennio Morricone)1994 — 1995 Quiero Saber Amor Amor

Natijalari (Schoenfelder bilan) NatijaXalqaroMavsum1994 — 951995 — 961996 — 971997 — 981998 — 991999 — 002000 — 012001 — 022002 — 032003 — 042004 — 052005 — 062006 — 072007 — 082008 — 092009 — 10Olimpiada1646Jahon chempionatlari1814111312964541Yevropa chempionati1512910743412Gran-pri finali566431GP Cup of China3GP Cup of Russia3GP Lalique/Bompard6777552332211GP NHK Trophy7431GP Skate America321GP Skate Canada7354GP Sparkassen5Bofrost Cup2Nebelhorn3Ondrej Nepela1Lysianne Lauret4Xalqaro: OʻsmirlarOʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp.42Odessa Trophy2Autumn Trophy14Ukraine Trophy2EYOF1MilliyFransiya Chemp.3 J.1 J.44322111111 GP = Gran-Pri; J. = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar

Turkum:Asli Irlandiyalik amerikaliklar Turkum:Yashayotgan insonlar