Kevin Hofland (; 1979-yil 7-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi
Faoliyati davomida asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynagan Hofland 15 mavsum davomida 8 ta klubda ishtirok etgan. Erediviziyada PSV va Feyenoord safida 10 yil davomida 182 oʻyin oʻtkazib, sakkizta gol urgan. Shuningdek, Germaniya va Kiprda VfL Wolfsburg va AEK Larnaca sharafini himoya qilgan.
Hofland ilk bor 2000-yillarda Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan. Jami 7 ta oʻyin oʻtkazgan
Klublardagi faoliyati
Fortuna Hofland Heerlen shahrida tugʻilgan, lekin Brunssumda oʻsgan. Mahalliy SV Limburgia jamoasiga atigi toʻrt yoshida qoʻshilgan va olti yildan soʻng Fortuna Sittardning professional jamoasiga oʻtgan PSV 2000-yilning yozida Hofland milliy gigant PSV Eindhoven bilan shartnoma imzoladi. Yoshligi va jamoadagi kuchli raqobatiga qaramay, jamoa himoyasida muhim oʻyinchiga aylandi. Ammo 2002—2003-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida „Arsenal“ ga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jiddiy jarohat oldi.
Wolfsburg 2004-yilda Hoflandn Germaniyadaning VfL Wolfsburg klubiga qoʻshildi. Bundesligada uch mavsum oʻynadi va 2004-yilning 7-avgustida Dortmundning „Borussia“ klubiga qarshi bahsda 90 daqiqa oʻynadi, klub 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Feyenoord / AEK 2007-yil 28-iyunda Hofland Feyenoord bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2009—2010-yilgi mavsumda atigi 8 liga oʻyinida maydonga tusha oldi va 2008-yilda faoliyatidagi birinchi va yagona Gollandiya kubogini qoʻlga kiritdi .
Hofland 2011-yil iyul oyida AEK bilan yana shartnoma imzoladi. Biroq keyingi yilning 17-martida oyogʻidan jarohat olganidan soʻng rasman professional futboldagi faoliyatini yakunladi.
Xalqaro faoliyati 2000-yil 15-noyabrda Hofland Gollandiya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro o‘yinini o‘tkazdi. Ispaniya bilan Sevillada boʻlgan o‘rtoqlik o‘yinida gollandlar 2:1 hisobida g‘alabasi qozonishdi.
Faoliyat statistikasi
Klub KlublarLigaKubokQitʼaJamiMavsumKlubLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar1997—1998Fortuna SittardErediviziya600000601998—199929100002911999—200024000002402000—2001PSVErediviziya29200002922001—200222200002222002—2003700000702003—200420000002002004—2005WolfsburgBundesliga27000002702005—200619200001922006—200730000003002007—2008FeyenoordErediviziya27100002712008—200920100002012009—201051200071Jami186720001887Jami faoliyati262920002649
Xalqaro Milliy terma jamoaMavsumIshtirokGollarNetherlands2000—2001202001—2002402002—2003002003—2004002004—200510Jami70
Yutuqlari
KNVB kubogi: 2-oʻrin sohibi 1998—1999
PSV
Erediviziya: 2000—2001, 2002—2003 Johan Cruyff Shield: 2000, 2001 KNVB kubogi: Ikkinchi oʻrin 2000—2001
Feyenoord
KNVB kubogi: 2007—2008; Ikkinchi oʻrin 2009-10
Shaxsiy hayoti Hofland oilali, uch o‘g‘il va bir qizi bor.
Manbalar
Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar