Ola John (; 1992-yil 19-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Al-Hazem jamoasida chap qanot himoyachisi. Liberiyada tugʻilgan, Gollandiya terma jamoasini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Twente 2010—2011-yilgi mavsum oldida John Twentedagi safiga qoʻshildi. 6 ta golli uzatma bilan UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichida golli uzatmalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 3-noyabr kuni „Twente“ning Yevropa Ligasi doirasida Odense BKga qarshi uchrashuvida John uchchala golga assistentlik qildi. Jon 2011-yil 4-dekabrda „Utrecht“ qarshi oʻyinda (6:2) ikkita gol urdi.
Benfica va ijaralar 2012-yilning 24-mayida John Portugaliyaning Benfica klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, klub Twentega 45 mln yevro toʻladi. Lissabondagi dastlabki oylarida asosiy jamoada oʻz oʻrnini topishga qiynalganidan soʻng, John 2012—2013-yilgi mavsumining ikkinchi yarmidan zaxira oʻyinchisi boʻldi. Shunga qaramay UEFA Yevropa Ligasi va Portugaliya kubogi finallarida ishtirok etdi.
2014-yil 17-yanvarda 2013—2014-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Hamburger SVga ijaraga berildi.
2015-yil 1-sentabrda John bir mavsumga Futbol Ligasi Chempionatining Reading jamoasiga ijaraga berildi. 2015-yil 3-noyabr kuni „Reading“ safidagi ilk golini Huddersfield Townga qarshi uchrashuvida urdi. 2016-yil 22-avgustda John Chempionshipga qaytib, Wolverhampton Wanderersga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.
„Boʻrilar“da jarohat olganidan soʻng, uning ishtiroklari ancha pasayib ketdi. Jami mavsumda 71 daqiqa oʻynadi. Ijarasi 2017-yil 13-yanvarda qisqartirildi. 2017-yilning avgustida Ola Jon Panathinaikos va Qarabağa ijaraga berilishidan bosh tortgani xabar qilingan.
Vitória de Guimarães 2018-yil 21-iyulda John Primeira Liga vakili Vitória SC bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati 2012-yil fevral oyida Bert van Marwijk birinchi marta Johnni Niderlandiyaning milliy futbol terma jamoasinining Angliyaga qarshi oʻyiniga chaqirdi. 2012-yil 7-mayda UEFA Yevro-2012 turniri uchun 36 nafar futbolchining vaqtinchalik roʻyxatiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumLigaKubokLiga kubogiYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTwente2010—2011Erediviziya13130—301912011—201233830—141509Jami46960—1716910Benfica2012—2013Primeira Liga22042401224242013—201450111020912014—20152633041203542015—20162010000030Jami5539391162899Hamburger SV (ijara)2013—2014Bundesliga8010——90Reading (ijara)2015—2016Championship2844010—334Wolverhampton Wanderers (ijara)2016—2017Championship200010—30Deportivo La Coruña (ijara)2016—2017La Liga110———110Benfica B2017—2018Segunda Liga11———11Vitória Guimarães2018—2019Primeira Liga2611100—2812019—2020000000—00Jami2611100—281Jami faoliyati1771821312133324324
Yutuqlari Twente
KNVB kubogi: 2010—2011 Johan Cruyff Shield: 2011-yil
Benfica
Primeira Liga: 2013—2014, 2014—2015, 2015—2016 Taça de Portugal: 2013—2014 Taça da Liga: 2013—2014, 2014—2015 Supertaça Candido de Oliveira: 2014-yil UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi o‘rinchisi: 2012—2013
Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar