Xurmiz qal’asi — Eronning Yazd viloyatida joylashgan qal’a. U Sosoniylar davrida barpo etilgan boʻlib, olti minoraga ega. Toʻrt minora qal’aning toʻrt tarafida va ikki minora qal’aning uzunasi boʻylab qurilgan. Qal’aning chap qanotida toshdan qurilgan quduq mavjud boʻlib, u „Sohib uz-zamon qudugʻi“ deb ataladi. Qal’a Mehriz shahridagi qadimiy imorat boʻlib, Xurmuz ibn Anushervon buyrugʻiga binoan Xurmiz qishlogʻiga kiraverishdagi tosh tepalik ustiga barpo etilgan.

Manbalar

Turkum:Eron geografiyasiga oid chala maqolalar