Erik Pieters (; 1988-yil 7 avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, West Bromwich Albionda chap qanot himoyachisi.
Faoliyati
Ilk faoliyati Tielda tugʻilgan Pieters Rheliconing voyaga yetmaganlar jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay boshlagan. Sinov muddatidan soʻng Utrecht yoshlar akademiyasiga qoʻshildi.
Utrecht Pieters Utrechtdagi Erediviziya debyutini Willem II ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. Ilk mavsumida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Utrecht 2006—007-yilgi mavsumni 9-o‘rinda yakunladi. 2007—2008-yilgi mavsumda Pieters Yevropadagi debyutini iyul oyida Intertoto kubogida oʻtkazdi. 35 oʻyinda maydonga tushdi va „Willem II“ va „Groningen“ga qarshi dubl qayd etdi.
PSV Eindhoven 2008-yil 9 iyulda Eredivizion chempioni PSV Eindhoven chap qanot himoyachisini 2,5 million yevro evaziga sotib olgani tasdiqlandi. Pietersga Slobodan Rajković kiygan 14-raqamli futbolka berildi. PSVdagi debyutini sobiq jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. UEFA Chempionlar Ligasidagi debyuti sentyabr oyida Atlético Madridga qarshi oʻyinda boʻldi. 2008—2009-yillarda Pieters PSV bilan 23 ta oʻyinda oʻynadi.
Stoke City Pieters Angliyaning Stoke City klubi bilan 2013-yil 28-iyun kuni 3,6 million yevro (3 million funt sterling) evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi. 2013-yilning 17-avgustida Liverpoolga qarshi o‘yinda (1:0) „Stoke“ safida debyut qilgan. Pieters „Stoke“dagi birinchi golini 2014-yilning 12-aprelida Newcastle Unitedga qarshi oʻyinda (1:0) urdi. Pieters 2013—2014-yilgi mavsumda „Stoke“ tarkibida 39 ta oʻyinda maydonga tushdi.
2019-yilning 31-yanvarida Pieters Fransiyaning Amiens klubiga ijara asosida qo‘shildi. 2018—2019-yilgi mavsumning qolgan qismida „Amiens“ safida 15 ta oʻyinda oʻynadi.
Burnley 2019-yil 8-iyulda Pieters Burnley bilan nomaʼlum to‘lov evaziga shartnoma imzoladi. 2022-yil 10-iyun kuni Burnley Pietersning shartnomasi muddati tugagach, iyun oyi oxirida klubni tark etishini eʼlon qildi.
West Bromwich Albion 2022-yil 13-sentyabrda Pieters EFL chempionati klubiga West Bromwich Albionga tekinga oʻtdi va mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Ertasi kuni Birmingham Cityga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi.
Xalqaro faoliyati right|thumb|326x326px| Pieters Gollandiya terma jamoasi safida Pieters 2005-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi bilan beshta oʻyin oʻtkazdi. Jamoa yarim finalgacha chiqdi.
2012-yil 7-may kuni Pieters Yevro-2012 turniri uchun 36 nafar futbolchilarning vaqtinchalik roʻyxatiga kiritildi. Lekin oyogʻidan olgan jarohati tufayli musobaqada qatnasha olmadi
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarUtrecht2006—2007Erediviziya20030——602902007—2008Erediviziya31210—1020352Jami51240—1080642PSV Eindhoven2008—2009Erediviziya17020—30102302009—2010Erediviziya27040—110—4202010—2011Erediviziya31040—130—4802011—2012Erediviziya16020—70—2502012—2013Erediviziya2000—00—20Jami930120—340101400Stoke City2013—2014„Games played by Erik Pieters in 2013/2014“. Angliya Premyer-ligasi3612010——3912014—2015Angliya Premyer-ligasi3100010——3202015—2016Angliya Premyer-ligasi3501050——4102016—2017Angliya Premyer-ligasi3601020——3902017—2018Angliya Premyer-ligasi3100010——3202018—2019Chempionship2121010——232Jami190350110——2063Amiens (ijara)2018—2019Liga 1151————151Burnley2019—2020Angliya Premyer-ligasi2402200——2622020—2021Angliya Premyer-ligasi2002030——2502021—2022Angliya Premyer-ligasi1200030——150Jami5604260——662Jami faoliyati4056252170350904918
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa YilIshtirok GollarNiderlandiya 2010-yil 5 0 2011-yil 9 0 2012-yil 1 0 2013-yil 2 0 2014-yil 1 0 Jami 18 0
Yutuqlari PSV Eindhoven
KNVB kubogi: 2011—2012 Johan Cruyff Shield: 2008-yil
Niderlandiya
U-21 UEFA chempionati: 2007 FIFA U-17 Jahon chempionati Uchinchi oʻrin: 2005
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar